“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 23:00
ЎЗO‘Z

Tramp Falastinni arzongarovga sotib olmoqchi bo‘ldi (foto)

03 fev, 10:17 6 197 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp Falastinni arzongarovga sotib olmoqchi bo‘ldi (foto) Karikatura: Mikail Ciftci
Tugayotgan hafta AQSh prezidenti Donald Tramp Falastin-Isroil ziddiyatini bartaraf etish bo‘yicha o‘z taklifini e’lon qildi. «Asr kelishuvi» deya mubolag‘ali nom bilan atalgan tashabbusga ko‘ra, Quddus yaxlit holda Isroil poytaxti deb tan olinishi kerak.

Falastinliklar «zo‘ravonlik»dan voz kechishi evaziga ularga o‘z davlatini ta’sis etish uchun 50 milliard dollar va’da qilingan. Falastinga tegishli hududlardan biri – Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i Isroil tomonidan bosib olingani ma’lum. «Asr kelishuvi»ga ko‘ra, anneksiya qilingan ushbu hududlar Isroil yurisdiksiyasida deb tan olinishi lozim.

Tramp ma’muriyati ilgari surgan tashabbus Falastin tomonidan keskin rad etildi. Arab davlatlari ligasi ham «asr kelishuvi» faqat Isroil manfaatlarini ifodalagani bois, uni qabul qilib bo‘lmasligini qat’iy ma’lum qildi.

Tahlilchilarga ko‘ra, «asr kelishuvi» ikki tomonlama ziddiyatning asosiy qurboni Falastin ishtirokisiz qabul qilingan. Trampning kuyovi, diplomatiya borasida tajribasiz Jared Kushner boshchiligida ishlab chiqilgan tinchlik rejasidan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha yetakchi siyosiy kuchlar – BMT, Yevroittifoq va Rossiya ham xabardor qilinmagan.

Politico nashriga ko‘ra, Tramp biznesmen sifatida hamma narsani sotib olish mumkin deb o‘ylaydi. Falastinliklarga va’da qilingan 50 milliard dollar ham aslida ularni sotib olishga urinishdan boshqa narsa emas. Ammo davlatmand prezident falastinliklar uchun har bir qarich tuproq puldan ham qadrli ekanini his eta olmayotgan ko‘rinadi.

Isroilning sobiq tashqi ishlar vaziri, 1993 yilda tashkil etilgan tarixiy Oslo muzokaralari tashkilotchisi Yossi Beylin ham «asr kelishuvi»ni keskin tanqid qildi.

«Bu – tinchlik emas, urush rejasidir. Mazkur tashabbus muammoni hal etmaydi, balki yanada og‘ir oqibatlarga olib keladi. Meni hammasidan ham dunyo hamjamiyatining munosabati taajjubga solmoqda. Ushbu rejani ma’qullayotganlar, aslida, mintaqada tinchlik hukm surishiga qarshi bo‘lganlardir», dedi Isroilning sobiq yuqori martabali amaldori.

Tramp taklif etgan «asr kelishuvi»ga javoban dunyo matbuotida ko‘plab karikaturalar chop etildi. Mushtariylar e’tiboriga mavzuga doim ayrim hajviy suratlarni havola etmoqdamiz.









Mavzuga oid yangiliklar
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 162
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 1
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 21
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 37
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 96
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • Bo‘limlar