“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:23
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston Uxandan 18 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi

03 fev, 06:00 2 915 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston Uxandan 18 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi Foto: Reuters
Qirg‘iziston yangi koronavirus tarqalishi o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan 18 fuqarosini evakuatsiya qildi.
Bu haqda respublikaning sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uxandagi qirg‘izistonliklar 2 fevralda Qozog‘iston ko‘magida dastlab Nur-Sultonga keltirilgan, u yerdan esa maxsus samolyotda Bishkekka yetkazilgan.

Ta’kidlanishicha, barcha keltirilganlar aeroportda tegishli tekshiruvdan o‘kazilib, Bishkek tashqarisida joylashgan shifoxonaning yuqumli kasalliklar bo‘limiga karantinga joylashtirilgan.

Shifoxona infeksion xavfsizlikning barcha shartlariga javob beradi va zarur laboratoriya hamda davolash qurilmalari, malakali tibbiy xodimlar bilan ta’minlangan. Evakuatsiya qilingan fuqarolar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Xabarda ta’kidlanishicha, karantin vaqtida Uxandan keltirilganlar bilan faqat tibbiy xodimlar muloqotda bo‘ladi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan vafot etganlar soni 304 nafarni, kasallanganlar esa 14,4 ming kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, dunyoning 20 ta davlatida qariyb 100 kishi virusga chalingan. JSST koronavirus tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb tan olgan.

Avvalroq ta’kidlanganidek, O‘zbekiston 4-5 fevral kunlari maxsus charter reyslar orqali Xitoy hududidagi, shu jumladan, xavfli koronavirus tarqalgan Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 176
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 322
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar