“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:27
ЎЗO‘Z

Xitoyda yana bir xavfli virus aniqlandi. Hozircha parrandalar orasida

02 fev, 13:02 4 395 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda yana bir xavfli virus aniqlandi. Hozircha parrandalar orasida Foto: China Daily CDIC / Reuters
Xitoyning yangi koronavirus tarqalishi o‘chog‘i hisoblangan Xubeyga qo‘shni Xunan provinsiyasida parranda grippi H5N1 tarqalishi aniqlandi. Bu haqda Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qilgan.

Virus Shaoyan shahridagi parranda fermalaridan birida aniqlangan. Fermada yetishtiriladigan 7850 dona broyler-jo‘jadan 4500 tasi kasallangan.

Mahalliy hokimiyat virus tarqalishi oldini olish maqsadida qariyb 18 ming parrandani yo‘q qilgan.
Ayni vaqtda virusning odamga yuqqani qayd qilinmagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, odamlarning A(H5N1) grippi bilan ilk kasallanish holatlari 1997 yilda Hongkongda yuz bergan. O‘shanda undan 6 kishi vafot etgan. Virus 2003 yilda yana o‘zida haqida ma’lum qilib, undan yangi kasallanish holatlari Xitoyda va Hongkongda qayd qilingan. 2003 yildan 2014 yil mayigacha 15 ta davlat ushbu turdagi grippga chalinish bo‘yicha 665 ta holat haqida ma’lum qilgan, undan 392 tasi o‘lim bilan tugagan.

Parranda grippi A(H5N1) virusi keltirib chiqaruvchi o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, u qaltirash, tana haroratining ko‘tarilishi, mushak, bosh va tomoqdagi og‘riqlar bilan boshlanadi. Bemorning ahvoli keskin yomonlashadi. 2-3 kundan keyin qon aralash ho‘l yo‘tal, nafas siqish boshlanadi. Kasallik buyrak, jigar va miyani zararlashi mumkin. Ushbu turdagi gripp juda tajovuzkorligi va o‘limga olib kelishi darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Ushbu gripp kasallangan tirik yoki o‘lik parranda bilan ta’sirlashganda yuqadi. Shuningdek, kasallikka chalinishga yetarlicha termik ishlov berilmagan kasal parrandaning go‘shti yoki tuxumini iste’mol qilish olib kelishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar