“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:56
ЎЗO‘Z

Koronavirusdan tuzalib ketgan ayol kasallik haqida so‘zlab berdi

31 yanv, 12:48 6 504 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusdan tuzalib ketgan ayol kasallik haqida so‘zlab berdi Foto: Reuters /Tyrone Siu
Xitoyda koronavirusga chalingan Szyan familiyali ayol kasallikdan forig‘ bo‘lgach, intervyu berdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligiga tayanib InoSMI nashri xabar berdi.

Ayolning ta’kidlashicha, u 44 yoshda bo‘lib, Ushan uyezdining Chunsin shahrida yashaydi. Ayol oxirgi yillar yangi koronavirus tarqalish markazi hisoblangan Uxan shahrida ishlab kelgan.

15 yanvarda men Yangi yilni kutgani ona shahrimga jo‘nadim. Turmush o‘rtog‘im meni kutib olish uchun temir yo‘l vokzaliga keldi va mening ahvolim yomonligini ko‘rdi. U shu zahotiyoq meni mahalliy shifoxonaga olib bordi. U yerda davolashning dastlabki bir necha kuni samara bermagach, 21 yanvarda meni “Sansya” markaziy shifoxonasiga ko‘chirib o‘tkazib, izolyatorga joylashtirishdi. Menda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi zotiljam aniqlandi. Men bu kasallikka uchragan Chunsindagi ilk bemor bo‘ldim, shifokorlar va hamshiralar menga alohida e’tibor bilan qarashdi”, deb aytgan ayol.

Ayolning ta’kidlashicha, har kuni unga turli vositalar purkab turishgan, virusga va infeksiyaga qarshi davolash muolajalarini amalga oshirishgan, shifokorlar hattoki xitoy tabobati usullarini qo‘llashgan.

Oxirgi kunlar kasallikning alomatlari yo‘qola boshladi. Shifokorlar menga javob berish mumkinligini aytishdi. Shifoxona davolash uchun mendan bir fen ham olmadi [1 fen – 0,01 yuan]. Mendan “bu kasallik qo‘rqinchlimi?” deb so‘rashmoqda. Fikrimcha, eng asosiysi ko‘rqmaslik va iloji boricha yaxshiroq himoyalanish, himoya niqobini taqib yurish va qo‘llarni tez-tez yuvib turish zarur. Agar tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal yoki boshqa alomatlar paydo bo‘lsa, shu zahotiyot shifoxonaga borish lozim. Seni alohidalab qo‘yishlaridan xavotirlanmaslik kerak, ruhiyatni cho‘ktirmay, shifokorlar ko‘rsatmalariga quloq solish, ularga ishonish lozim va shunda albatta tuzalib ketasiz”, deb tavsiya bergan ayol.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni bir kun ichida 43 nafarga oshib, 213 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 9692 nafarni, davolanganlar soni 171 kishini tashkil qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar