“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:19
ЎЗO‘Z

Koronavirus Finlyandiyagacha yetib bordi. JSST favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

30 yanv, 09:43 3 151 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus Finlyandiyagacha yetib bordi. JSST favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi Finlyandiyada Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusni yuqtirish bo‘yicha ilk holat qayd qilindi. Bu haqda Yle teleradiokompaniyasi portali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, koronavirus Finlyandiyaga virus o‘chog‘i hisoblangan Uxandan 5 kun avval kelgan 32 yoshli sayyoh ayolda topilgan.

Ayolning o‘zi o‘tgan hafta unda kasallik alomatlari paydo bo‘lganiga gumon bilan Ivalo shahri shifokorlariga murojaat qilgan. Ta’kidlanishicha, ayol yana 15 kishi bilan muloqotda bo‘lgan, ularning barchasi 2 hafta davomida nazorat ostida bo‘ladi.

Avvalroq finlyandiyalik tibbiyotchilar Uxandan kelgan ikki sayyohning tahlillarini tekshirishayotganini ma’lum qilishgan. Ikkinchi sayyohning tahlili haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 6078 nafarni, vafot etganlar soni 132 nafarni tashkil qilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning tarqalishi jadallashgani sababli 30 yanvarga favqulodda qo‘mitasining maxsus yig‘ilishini chaqirtirmoqda. Yig‘ilish tashkilotning Jenevadagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Qo‘mita koronavirus tarqalishi xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat ekani-yo‘qligini belgilashi lozim bo‘ladi.

JSSTning koronavirus bo‘yicha ilk yig‘ilishi o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda tashkilot bosh direktori yangi koronavirusni xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb e’lon qilishga hali ertaligiga qaror qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar