“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:53
ЎЗO‘Z

Gulnora Karimovaning Britaniyadagi mol-mulklari ro‘yxati e’lon qilindi

28 yanv, 11:35 5 797 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gulnora Karimovaning Britaniyadagi mol-mulklari ro‘yxati e’lon qilindi Foto: Daily Mail
O‘zbekistonning Birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Britaniyaning Surrey grafligidagi qasr hamda Londonning nufuzli tumanlaridagi umumiy qiymati 40 million funt sterlingga (52 million dollar) teng ikki kvartiraga egalik qiladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Qayd etilishicha, birlashgan qirollik hukumati aynan ushbu ob’ektlarni o‘z foydasiga musodara qilishga harakat qilmoqda.
Gulnora Karimovaga tegishli mol-mulklar ro‘yxatini katta miqdordagi firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashish byurosi taqdim etgan.

Karimova Surreydagi Gorse Hill Manor qasrini 2010 yilda 18 million funt sterling (23,5 million dollar) evaziga sotib olgan. Bugungi kunda ushbu ob’ekt 30 million funt sterlingga (39 million dollar) baholanmoqda.

Qasr 1912 yilda qurilgan bo‘lib, uning hududida qayiqda sayr qilishga mo‘ljallangan ko‘l hamda 70 ming metr kvadrat maydonga ega bog‘lar joylashgan.
Qasrga yondosh hududlarda badavlat insonlarning saroylari joylashgan. Xususan, Gulnora Karimovaga tegishli qasr yaqinida Bruney sultonining uyi bor.

Britaniya poytaxtida esa Karimovaga tegishli ikkita kvartira mavjud: Meyfer tumanidagi 8 million funt sterlingga (10,4 million dollar) va Belgraviya tumanida 2 million funt sterlingga (2,6 million dollar) baholangan xonadonlar.

2018 yilning oktabrida Britaniyaning katta miqdordagi firibgarlikka qarshi kurashish byurosi Gulnora Karimovaning korrupsion faoliyatidan topilgan pullar evaziga xarid qilingan uchta ob’ektni xatlash yuzasidan da’voni ilgari surgan edi. Biroq o‘shanda aynan qaysi ob’ektlar nazarda tutilganiga oydinlik kiritilmagan.

2017 yilda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan ikkinchi jinoyat ishini ochgan edi. O‘shanda Karimova xorijiy mamlakatlardagi aktivlarni legallashtirganlikda ayblandi.

Jinoyat ishi doirasida Gulnora Karimova Britaniyada 4,2 million funt sterling (5,5 million dollar) miqdoridagi pul mablag‘lari, shuningdek umumiy qiymati 22,9 million funt sterlingga (30 million dollar) teng uy, kvartira va villalarga egalik qilishi oydinlashgan edi.

Britaniyadagi aktivlar ro‘yxatida, xususan Londondagi Chesham Street, 25-uyda joylashgan to‘rt qavatli turar joy binosining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qavatlaridagi kvartiralar OAVda tilga olingan edi.

2019 yilda Fransiya hukumati Karimovaning mol-mulkini sotishdan tushgan pulni O‘zbekistonga qaytarishni ma’lum qilgan edi. Gap Parijdagi kvartira, Sen-Trope tumanidagi villa hamda Parij tashqarisidagi qasr haqida ketmooqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Parijdagi kvartira auksionda 14 million yevroga sotilgan. Pulning bir qismi ya’ni 2 million yevro tergov xarajatlariga ishlatiladi. Mablag‘ning qaytarilgani haqida hozirgacha ma’lumot berilmagan

Shveysariya prokuraturasi ham mamlakat banklaridagi muzlatilgan Gulnora Karimovaga tegishli pullarni O‘zbekistonga qaytarishga tayyorligini bildirgan. Biroq aktivlar O‘zbekistonga muayyan shartlar asosida qaytariladi: Toshkent pullarning qaytarilish jarayonining shaffof bo‘lishini, pullar aholi farovonligi hamda mamlakat rivojlanishi uchun ishlatilishini ta’minlashga kafolat berishi kerak.

Gulnora Karimova 2015 yil avgustida besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. O‘sha vaqtda unga nisbatan yana bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etayotgan edi. Jamoatchilik bu haqda faqat 2017 yil iyuliga kelibgina xabar topgan.

Gulnora Karimova 2019 yil martidan beri Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 21-son umumiy tartibdagi koloniyada saqlanmoqda.

2019 yilning dekabr oyida Gulnora Karimovaga nisbatan yana bir jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U o‘lpon yig‘ish va qo‘rqitib, mulklarni tortib olishda ayblangan. 2020 yilning 8 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Gulnora Karimova va boshqalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi boshlandi.

11 yanvar kuni Gulnora Karimovaning uylaridan 12,7 milliard so‘mlik san’at asarlari chiqqani haqida ma’lumot berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 1
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar