“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 14:55
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirusga qarshi kurashga armiya jalb etila boshlandi

24 yanv, 21:05 3 678 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirusga qarshi kurashga armiya jalb etila boshlandi Foto: REUTERS / Aly Song
Xitoyning markaziy harbiy kengashi Uxan shahrida tarqalgan yangi turdagi koronavirusga qarshi kurashga armiyani jalb qildi. Shaharga 40 nafar harbiy shifokor jo‘natilgan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, harbiy kengash talabi bilan harbiylarni koronavirus tarqalishiga qarshi kurashga jalb qilish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Harbiy shifokorlar Uxanning pulmonologiya gospitali intensiv davolash bo‘limiga yuborilgan. Ular mahalliy shifokorlarga epidemiyaga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishadi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 2019-nCoV koronavirusidan halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetdi, kasallanganlar soni esa 850 nafardan oshdi.
“Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, Xitoy moliya vazirligi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mlrd yuan (145 mln dollar) mablag‘ ajratgan.

Shuningdek, Xitoy madaniyat va turizm vazirligi turagentliklarga mamlakat bo‘ylab sayohatlarga turpaketlarni sotishni to‘xtatishni buyurgan. Bundan tashqari, Xitoyning ko‘plab diqqatga sazovor joylariga tashriflar to‘xtatilgan. Jumladan, Buyuk Xitoy devorining bir qismi, Shanxaydagi Disneylend ko‘ngilochar bog‘i tashrif uchun yopilgan. Pekindagi “Qush uyasi” nomi bilan ma’lum bo‘lgan milliy stadion 30 yanvargacha yopilgan. 25 yanvardan turistlarga Min sulolasi imperatorlari sag‘anasiga va Inshan o‘rmoniga kirish taqiqlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 0
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 91
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 156
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 91
  • Bo‘limlar