“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:09
ЎЗO‘Z

Zelenskiy Yevropa Ittifoqiga Britaniya o‘rniga Ukrainani olishni taklif qildi

23 yanv, 10:00 2 663 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zelenskiy Yevropa Ittifoqiga Britaniya o‘rniga Ukrainani olishni taklif qildi Foto : Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselga Yevropa Ittifoqiga undan chiqishni istayotgan Britaniya o‘rniga Ukrainani olishni taklif qildi. Zelenskiy bu haqda Davosda o‘tayotgan Butunjahon iqtisodiy anjumanidagi nutqida aytib o‘tdi.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, Kiyev o‘z kelajagini Yevropa Ittifoqi tarkibida ko‘rmoqda. “Biz Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya haqidagi kelishuvni imzoladik, biz Yevropa Ittifoqiga kirish tomon yo‘nalmoqdamiz. Biroq biz shuni tushunishimiz kerakki, Yevropa Ittifoqiga nafaqat Ukraina kirishni istamoqda”, deb ta’kidlab o‘tgan Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, Ukrainani ko‘plab davlatlar qo‘llab-quvvatlamoqda va uning kelajagini tenghuquqli hamkor sifatida Yevropa Ittifoqi tarkibida ko‘rmoqda.

Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga kirishga yo‘nalgani mamlakat konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Tegishli qonunni 2019 yil fevralda o‘shandagi prezident Pyotr Poroshenko imzolagan. Vladimir Zelenskiy ham ushbu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Ayni vaqtda Ukrainaning Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishini qo‘llab-quvvatlovchi ukrainaliklar ulushi 64 foizdan oshadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 68
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar