“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:31
ЎЗO‘Z

«Mening boshqa tanlovim yo‘q edi»: Shahzoda Harri qirollik unvonlaridan voz kechishi haqida

20 yanv, 20:46 2 827 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Mening boshqa tanlovim yo‘q edi»: Shahzoda Harri qirollik unvonlaridan voz kechishi haqida Foto: The Guardian
Shahzoda Harri qirollik xonadoni majburiyatlaridan voz kechish uni xafa qilishi, ammo uning boshqa iloji yo‘qligi haqida gapirdi. Shu bilan birga, u qirolicha Yelizaveta II'ga xizmat qilishni davom ettirishdan umidvor ekanligini ta’kidladi.

Shahzoda Harri qirollik xonadoni majburiyatlaridan voz kechish uni xafa qilishi, ammo uning boshqa iloji yo‘qligi haqida gapirdi. Shu bilan birga, u qirolicha Yelizaveta II'ga xizmat qilishni davom ettirishdan umidvor ekanligini ta’kidladi.

Sentabale xayriya yig‘ilishida nutq so‘zlagan shahzoda Harri buvisini juda qattiq hurmat qilishini aytgan va uni «o‘zining oliy qo‘mondoni» deb atagan.
«Biz qirolicha, hamdo‘stlik va harbiy uyushmalarga davlat tomonidan moliyalashtirilmasdan turib xizmat qilishda davom etishimizga umid qilgandik. Afsuski, bu ilojsiz bo‘lib chiqdi», — dedi u.

Shu bilan birga, shahzoda Britaniya uning uyi va sevimli joyi ekani va «har doim shunday bo‘lib qolishi»ni ta’kidlagan.
Avvalroq Bukingem saroyi shahzoda Harri va uning rafiqasi Megan endi qirollik unvonlaridan foydalanmasligini va bundan keyin davlat mablag‘larini olmasligini e’lon qilgandi.

Bu shuni anglatadiki, 2020 yil bahoridan boshlab ular endi «zoti oliylari» deb nomlanmaydi. Ammo, ular Sasseks gersogi va gersoginyasi bo‘lib qoladi, shahzoda Harri tug‘ilishida meros qolgan unvonini saqlab qoladi.

Harri va Megan shuningdek, Vindzordagi uyni ta’mirlash uchun Buyuk Britaniya budjetidan sarflangan 2,4 million funtni qaytarib berish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

Bungacha er-xotin ommaviy axborot vositalarining bosimi va haddan tashqari e’tiboridan shikoyat qilishgan va Harri xotinining onasi malika Diananing o‘limiga olib kelgan «o‘sha kuchlar»ning qurboni bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirgandi.

Harri o‘zining Instagram sahifasiga joylagan videonutqida Megan bilan turmush qurgan vaqtida ikkovi ham «g‘ayratli, umidlarga to‘la va [Britaniya tojiga] xizmat qilishga tayyor» bo‘lishgani haqida gapirgan.

«Shunday ekan, hozir men uchun juda qayg‘uli. Xotinim bilan mening (qirollik vazifalarini bajarishdan) ketishga qaror qilishimiz oson bo‘lgani yo‘q», — dedi Harri.

«Bir necha oy davom etgan munozaralar, ko‘p yillik undovlardan so‘ng hayotim qiyinchiliklarga duch keldi. Men har doim ham to‘g‘ri ish qilmaganimni bilaman, ammo hozirgi bosqichda menda boshqa chora yo‘q edi», — deydi shahzoda.

Avvalroq, er-xotin vaqtining katta qismini Kanadada o‘tkazib, ikki mamlakatda yashash niyatida ekanliklarini aytishgandi. Hozir Harrining rafiqasi o‘g‘li Archi bilan Kanadaning g‘arbiy sohilida yashamoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 85
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar