“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:08
ЎЗO‘Z

Sulaymoniyning o‘rinbosari – Ismoil Qoniy haqida nima ma’lum?

18 yanv, 21:30 2 554 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sulaymoniyning o‘rinbosari – Ismoil Qoniy haqida nima ma’lum? Foto: AFP
Qosim Sulaymoniyning o‘limidan so‘ng Islom inqilobi muhofizlari korpusining xorijdagi operatsiyalariga javobgar «al-Quds» guruhiga rahbar etib Ismoil Qoniy tayinlandi, deb yozadi The National nashriga tayanib Daryo.

Ismoil Qoniy aslida kim?
Ismoil Qoniyning aslida qanday shaxs ekanini tushunish uchun u 20 yil mobaynida Afg‘oniston va Pokistonda olib borgan siyosatga to‘xtalish lozim. Ehtimol, Qoniy shaxsiyati mamlakat g‘arbidagi qo‘shnilarga uncha tanish emasdir, ammo u sharqdagi qo‘shnilar – Kobul, Dushanbe, Toshkent va hattoki Hindistonda ham «Tolibon» harakatiga qarshi kurashchi sifatida 1990 yillardan beri yaxshi ma’lum.

Janob Qoniy jurnalistlarni xushlamaydigan, izdoshi Sulaymoniydan tajovuzkorlik borasida qolishmaydigan generallardan biridir. 2001 yil 11 sentabr voqelaridan so‘ng uning qo‘mondonligi ostidagi kuchlar AQSH harbiy kuchlariga Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlashga yordam berdi. Shu bilan birga, AQSHning Saudiya Arabistoni, Misr, Pokiston va sovuq urush alyansi mamlakatlari bilan munosabatlarida qatnashdi.

Yadro quroliga ega Pokiston bilan o‘zaro nizolarni urushgacha olib bormasdan hal qila olgan siyosatchi sifatida Ismoil Qoniy e’tiborga molikdir. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoniy o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida Belujiston va Karachidagi vaziyatni nazorat qilgan hamda ayg‘ochilar tarmog‘ini yaratgan. U, shuningdek, Xitoy va Pokiston o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq G‘arbiy Xitoyni Arabiston dengiziga bog‘lovchi Gvadar porti bo‘yicha kelishuvni qo‘porishga erishgan shaxs sifatida ham ma’lumdir.

Qoniy, shuningdek, pokistonlik shia guruhlari ko‘ngilli tarzda tuzgan, Suriyada shafqatsizligi bilan tanilgan «Zaynabiun» guruhining asoschisidir. Bu guruhni Pokiston hukumati yo‘q qilgan. Ismoil Qoniy tashkil etgan guruh Eronning shia jamoasi manfaatlari doirasida Pokistondagi kam sonli shia jamoatini o‘z safiga qo‘shish uchun targ‘ibot yuritgan.

Ismoil Afg‘onistonda shialardan iborat «Liva al-Fatmanion» guruhini tashkil qilib, ular Suriyadagi janglarda ishtirok etishini ta’minlagan.

Pokistondagi muammolardan tashqari, Islom inqilobi muhofizlari korpusi va «al-Quds» Pokiston fuqarolarini o‘g‘irlab, ularning pasportlaridan terrorchilik va ayg‘oqchilikda foydalangan. 2017 yilda Said Mustafo Haydar Naqviy Isroil uchun ayg‘oqchilik qilganlikda ayblanib Berlinda hibs etilgandi. Germaniya xavfsizlik kuchlari u «al-Quds» a’zosi ekanini, guruh safiga 2012 yilda Germaniyaga o‘qishga kelgan paytida a’zo bo‘lganini isbotlab bergandi.

Qoniyning yana bir tajovuzkor harakati Kuvayt amiri shayx Jobir al-Ahmad as-Sabohning joniga uyushtirilgan suiqasdda (1985) namoyon bo‘ladi. Qo‘lga tushgan ikki eronlik tintuv qilinganda ulardan Pokiston vatandoshligi pasporti olib qo‘yilgandi. Suiqasdni Qosim Sulaymoniyga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lgan iroqlik shia lashkarboshisi Abu Mahsiy al-Muhandis uyushtirgan edi.

Ismoil Qoniy Afg‘onistonda faoliyat yuritar ekan, uning asosiy vazifasi Afg‘oniston yoki Pokistondan Eron hududiga qaratilgan urush harakatlarining oldini olish va Afg‘onistonning Pokistonga iqtisodiy qaramligiga barham berish edi.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi nazarida Eronga chegaradosh Afg‘oniston, Pokiston hududlari, AQSH Eronga hujum qilgudek bo‘lsa, eng zaif nuqtadir. Chunki mintaqada siyosiy tartibsizlik avj olgan, turli jinoiy guruhlar faoliyat olib borar, AQSH esa ularni bartaraf etishi mumkin edi. Bundan tashqari, mintaqada ko‘pchilik sunniy bo‘lib, Eron oliy rahbarining hukmi ularga o‘tmas edi. Shuning uchun Eron Islomobod va Kobul bergan «mintaqa tinch» degan xabarlarga ishonmasdi.

Ismoil Qoniyni Eron ichida Afg‘onistondagi urushni cho‘zganlikda, urushga AQSH va uning ittifoqchilari – Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlarini jalb qilganlikda ham ayblashadi. Toliblar 1996 yilda Kobulni zabt etganida Ismoil Qoniy askarlari afg‘on hukumati tashkil etilishiga qarshi alyans ham tuzgan edi.

Sulaymoniy arab dunyosida urush bilan band bo‘lgan bir vaziyatda o‘ldirilishi siyosiy tahlilchilarni o‘ylantirib qo‘ydi. «Al-Quds» qo‘mondonligi Ismoil Qoniy qo‘liga o‘tar ekan, balki u Eron kuchlari diqqatini mamlakat sharqiga qaratar... Ammo Eron na G‘arb bo‘lsin, na Sharq, amaldagi siyosatini o‘zgartirmasligi aniq.

Jahongir Ergashev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar