“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:40
ЎЗO‘Z

Vladimir Putin o‘z kasbini o‘zgartiradimi?

16 yanv, 17:45 5 117 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vladimir Putin o‘z kasbini o‘zgartiradimi? Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish borasidagi taklifi ortidan bosh vazir Dmitriy Medvedev kutilmaganda iste’fo berdi. Voqealar rivoji jadallashib ketdi: kechaning o‘zida bosh vazirlikka Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustin nomzodi ilgari surildi. Texnokrat arbob prezidentning bu taklifini zo‘r mamnuniyat ila qabul qildi.

Xo‘sh, Putinning konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishdan ko‘zlagan maqsadi nima? U 2024 yilgi prezident saylovida yana o‘z nomzodini qo‘yadimi? Yo o‘ziga voris tayyorlashni ma’qul ko‘radimi? Jahon matbuotida bu borada turli taxminlar ilgari surilmoqda.

Rossiya siyosiy kemasi kutilmagan emas, balki kutilgan o‘zanda harakatlanmoqda, deb hisoblaydi London Kingz kolleji huzuridagi Rossiya instituti direktori, doktor Sem Grin.

«Biz avvaldan hukumatda «qo‘ylar ham tirik qoladigan, bo‘rining ham qorni to‘q bo‘ladigan» siyosiy evrilish bo‘lishini kutayotgan edik», deydi S.Grin. Qayd etilishicha, Kreml har qanday holatda ham Vladimir Vladimirovichning siyosiy yetakchiligini saqlab qolish yo‘llarini qidirmoqda. Bu borada turli variantlar bo‘lishi mumkin, ammo shakldan qat’i nazar, mohiyat o‘zgarmaydi: Putinning ta’siri hozirgidan kamaymaydi.

Hukumatning rasman tarqatib yuborilishi jamoatchilikning Putin shaxsiyatiga e’tiborini chalg‘itish yo‘lidagi qadam ham bo‘lishi mumkin. Rossiyalik jurnalist Konstantin Eggertga ko‘ra, mamlakatda iqtisodiy muammolar ko‘payib, bo‘hron xavf solmoqda. Amaldagi siyosiy o‘zgarishlar esa xalqaro va mahalliy jamoatchilik e’tiborini asosiy muammolardan chalg‘itishga urinish, xolos.

2004-2008 yillarda Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchisi vazifasida ishlagan Toni Brentonga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Medvedev hukumatining reytingi keskin tushib ketdi. Putinning Belarus bilan yagona ittifoqdosh davlat ta’sis etish yo‘lidagi urinishlari ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shu bois Putin 2024 yildan keyin o‘zini muhofaza etish choralarini ko‘rmoqda.

Ayrim g‘arblik tahlilchilarga ko‘ra, Vladimir Putin «Qozog‘iston ctsenariysi»ni takrorlamoqchi: ya’ni u Davlat kengashi rahbari sifatida mamlakat boshqaruvini saqlab qolmoqchi. Xabaringiz bor, Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev 2019 yilda prezidentlikdan iste’fo berdi va Milliy xavfsizlik kengashi raisi lavozimiga o‘tdi. Shu yo‘l bilan u boshqaruv jilovini saqlab qoldi. Putin ham Nazarboyev usulidan foydalanishi ehtimoli mavjud.

Prezident vakolatlari qisqartirilib, hukumat rahbari vakolatlari kengaytirilishi esa Putin 2024 yildan bosh vazir sifatida faoliyat yuritishi mumkin degan taxminga sabab bo‘lmoqda.

Putinning vorisi masalasi ko‘pdan buyon muhokama etib kelinadi. Ayni paytda mudofaa vaziri Sergey Shoygu, bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Kozak, Moskva meri Sergey Sobyanin va yana talay arboblar voris bo‘lishi ehtimoli muhokama etilmoqda. Ammo Rossiyaning amaldagi rahbari, sobiq josus o‘z odatiga sodiq qolib, qo‘lidagi qartani so‘nggi daqiqalargacha ochmaslikni ma’qul ko‘rmoqda.

Kolumbiya universiteti professori Timoti Frayga ko‘ra, Putin tomonidan bosh vazirlikka tavsiya etilgan Mixail Mishustin siyosiy ambitsiyalardan yiroq menejer sanaladi. Bu esa mamlakat siyosatida hukumat rahbarining roli ramziy ma’no kasb etishini anglatadi.

Rossiyalik siyosatshunos Nikolay Petrovga ko‘ra, mamlakatda hokimiyatning bir necha tarmoqqa bo‘linishi ro‘y berishi mumkin. Prezident vakolatlari qisqaradi, bosh vazir va Davlat kengashi vakolatlari kengayadi. Shu tariqa boshqaruvning o‘ziga xos taqsimoti ro‘y beradi. Siyosatshunosga ko‘ra, vakolatlar qayta taqsimlangan taqdirda ham so‘nggi so‘zni aytish huquqi Putinga tegishli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 67 yoshli Vladimir Vladimirovich 2000 yildan buyon Rossiyani idora etib kelmoqda. Konstitutsiyaviy cheklov tufayli u 2008-2012 yillarda davlat rahbari kursisini Dmitriy Medvedevga bo‘shatib, o‘zi bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan. 2018 yil 18 martda u 4-muddatga prezident etib saylangan. Putinning davlat rahbarligiga yana bir bor o‘z nomzodini ko‘rsatishi Rossiyaning amaldagi Konstitutsiyasiga ziddir.

S.Salim




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 113
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 136
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 162
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 43
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar