“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:00
ЎЗO‘Z

Yelizaveta II shahzoda Harri va Meganning yangi hayot boshlash istagini qo‘llab-quvvatladi

14 yanv, 13:15 2 773 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yelizaveta II shahzoda Harri va Meganning yangi hayot boshlash istagini qo‘llab-quvvatladi Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Sasseks gersog va gersogining yangi hayot boshlash niyatini qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq Harri va Meganning hamma uchun kutilmagan holatda qirollik oilasining katta a’zolari sifatidagi majburiyatlarini bajarishdan voz kechmoqchi ekanliklarini bildirishgandi.

Qirolicha moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lish istagini bildirgan shahzoda Harri va Meganning kelajagini muhokama qilish uchun dushanba kuni qirollik oilasining katta a’zolarini Sandringhem saroyiga yig‘di.

«Garchi biz ular qirollik oilasining to‘laqonli a’zolari bo‘lib qolishini afzal ko‘rsak ham, biz ularning yanada mustaqil hayot kechirish, shu bilan birga oilamizning qadrli qismi bo‘lib qolish istagini hurmat qilamiz va tushunamiz», – deyiladi bayonotda.

Qirolichaning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda o‘tish davri to‘g‘risida kelishuvga erishildi, bu davrda Sasseks gersogi va gersoginyasi vaqtining bir qismini Kanadada, qolgan qismini Britaniyada o‘tkazishadi. Ushbu davr qancha davom etishi noma’lum.

«Mening oilam qiyin masalalarni hal qilishi kerak, hali oldinda juda ko‘p ish bor, lekin men yakuniy qarorlar yaqin kunlarda qabul qilinishini so‘radim», — deydi qirolicha bayonot oxirida.

Sandringhem saroyidagi uchrashuvda qirolicha Yelizaveta II va nabirasi shahzoda Harri bilan birga Harrining otasi bo‘lmish Uels shahzodasi Charlz va uning akasi shahzoda Uilyam ishtirok etishdi. Harrining rafiqasi Meganning telefon orqali suhbatda ishtirok etadi deb taxmin qilingandi.

Uchrashuvda qirollik oilasi a’zolari Harri va Meganning qirollik oilasining katta a’zolari sifatida vazifalarni bajarishdan bosh tortishining oqibatlari, xususan, saroydan qancha haq olishlari, unvonlari va ularga kirishga ruxsat berilgan tijorat shartnomalari tafsilotlari muhokama qilinishi aytilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 275
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar