“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:48
ЎЗO‘Z

Ukraina Eronga 5ta talab qo‘ydi

11 yanv, 14:22 5 040 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ukraina Eronga 5ta talab qo‘ydi Foto: Nazanin Tabatabaee/WANA
Ukraina Erondan urib tushirilgan Boeing uchun «aybni to‘liq tan olishni» talab qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Facebook’dagi sahifasida yozgan.

Shuningdek, u Kiyevning Tehronga qo‘ygan beshta talabini sanab o‘tdi: birinchidan, Eron «to‘liq va ochiq» tergov o‘tkazishga va’da berishi kerak, ikkinchidan, aybdorlarni javobgarlikka tortishi shart, uchinchidan, halok bo‘lgan ukrainaliklarning jasadlarini qaytarishi lozim, to‘rtinchidan, tovon to‘lab berishi kerak. Shu bilan birga, Zelenskiy Erondan «diplomatik kanallar orqali rasmiy uzr so‘rashni» talab qildi.

Bundan tashqari, Ukraina yetakchisi Boeing 737’ning halokati bo‘yicha keyingi surishtiruv ishlarida «sun’iy kechikishlar» yuzaga kelmasligiga umid bildirdi. «Bizning 45 nafar mutaxassisimiz adolat o‘rnatish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lishi va holatni batafsil o‘rganishga kiritilishi kerak», - deya ta’kidlab o‘tdi u.

8 yanvar kuni ertalab, Ukraina aviayo‘nalishlarining samolyoti Tehron aeroportidan parvozga ko‘tarilganidan keyin bir muncha vaqt o‘tib halokatga uchradi. Samolyot bortida jami 176 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan to‘qqiz nafari ekipaj a’zolari edi. Halokat natijasida barcha insonlar halok bo‘ldi.

Bir qator Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, Ukraina ham samolyotga raketa zarbasi berilgani haqidagi versiya mavjudligini inkor etmadi. Shu bilan birga, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, shuningdek, AQSHning qator ommaviy axborot vositalari razvedka xizmati va Oq uydagi manbalarga tayanib, Eron raketasi samolyotni tasodifan urib tushirgan bo‘lishi mumkinligini istisno etishmadi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Twitter’da ma’lum qilishicha, respublika rahbariyati Ukraina aviayo‘nalishlariga tegishli Boeing 737 samolyotining Tehron yaqinida qulashiga olib kelgan «kechirib bo‘lmaydigan xato» bo‘yicha ichki tekshiruvni davom ettiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar