“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:55
ЎЗO‘Z

“Ikkinchi jahon urushini Germaniya va Sovet Ittifoqi boshlagan”

10 yanv, 22:00 4 811 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Ikkinchi jahon urushini Germaniya va Sovet Ittifoqi boshlagan” Polsha parlamentining quyi palatasi – seym Rossiya siyosatchilari, xususan, prezident Vladimir Putinning Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshaning roli haqidagi “ig‘vogarona” va “yolg‘on” so‘zlarini qoraladi. Bu haqda Azon.uz nashri xabar bermoqda.

Ceym qabul qilgan rezolyutsiyaga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushini ikki totalitar tuzum – natsistlar Germaniyasi va kommunistik Sovet Ittifoqi boshlagan. Shuningdek, hujjatda Gitler va Stalin 1939 yilning 23 avgustida maxfiy pakt tuzganidan keyin boshlangan tajovuzning ilk qurbonlari Polsha hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘lgani aytilgan.

Rezolyutsiyada Sovet Ittifoqining “uchinchi reyx”ga qarshi kurashdagi harakatlari e’tirof etilgan bo‘lsa-da, biroq bu Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga mustaqillik va suverenitetni olib kelmagani, inson huquqlarini ta’minlamagani ta’kidlangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yilning 20 dekabrida, keyin 24 dekabrida Ikkinchi jahon urushi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushning boshlanishida Polshaning ham aybi bor, mamlakat rahbariyati antisemit bo‘lgan. Shuningdek, Putin 1939 yilgacha Polshaning Germaniyadagi elchisi bo‘lgan Yuzef Lipskiyni “ablah va antisemit cho‘chqa” deb atadi.

Shundan so‘ng Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Rossiya prezidenti ko‘p marta atayin Polsha haqida yolg‘on gapirganini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar