“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:22
ЎЗO‘Z

Tehronda qulagan samolyot yo‘lovchilari soniga aniqlik kiritildi, ularning ko‘pchilik qismi eronliklar

08 yanv, 13:50 3 301 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tehronda qulagan samolyot yo‘lovchilari soniga aniqlik kiritildi, ularning ko‘pchilik qismi eronliklar Foto: EPA/Vostock-photo
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa xizmati (SNBO) «Ukraina xalqaro avialiniyalari» aviakompaniyasining Tehron yaqinida halokatga uchragan yo‘lovchi samolyotida bo‘lganlar soni haqida ma’lumot berdi. Samolyot Eron poytaxtidan Kiyevga parvoz qilayotgan edi.

Ma’lum qilinishicha, Boeing-737 bortida jami 167 yo‘lovchi va ekipajning 9 nafar a’zosi bo‘lgan. Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharukning tasdiqlashicha, samolyotdagi 11 kishi - 2 yo‘lovchi va ekipajning 9 a’zosi Ukraina fuqarolari edi.

Ukraina elchixonasi hozircha ushbu samolyot halokati terakt oqibatida ro‘y bergani haqidagi taxminlarni istisno qilgan.
O‘z navbatida, Eron nashrlari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, samolyotda jami 179 kishi bo‘lgan, shundan 147 nafari eronliklar va 32 nafar xorijlik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning aksari Kanadada tahsil oluvchi eronlik talabalar bo‘lishgan.
Eron tomoni halokatga samolyot dvigatelida yong‘in chiqishi sabab bo‘lganini bildirgan.

«Agar samolyotni raketa urganida u havodayoq portlagan bo‘lardi», degan Eronning Yo‘llar va shaharsozlik vazirligi rasmiysi Kassir Nizami Boeing’ga raketa urilgani haqidagi xabarlarni rad eta turib.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqda Eronda halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari orasida o‘nlab kanadaliklar bo‘lgani to‘g‘risida tasdiqlanmagan ma’lumot tarqalgandi:

• Eron fuqarolari - 71 nafar
• Kanada fuqarolari - 73
• Germaniya fuqarolari - 4
• Buyuk Britaniya fuqarolari - 3
• Shvetsiya fuqarolari - 8
• Afg‘oniston fuqarolari - 6
• Ukraina fuqarolari - 2 nafar yo‘lovchi va ekipajning 9 nafar a’zosi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 157
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 295
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar