“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:07
ЎЗO‘Z

Tramp Eronning Amerika bazalariga hujumi yuzasidan bayonot beradi

08 yanv, 13:23 5 489 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp Eronning Amerika bazalariga hujumi yuzasidan bayonot beradi Foto: EPA
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning Iroqdagi Amerika bazalariga uyushtirgan hujumi yuzasidan «kechroq» bayonot berishni va’da qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hujum oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash jarayoni ketmoqda.

«Hammasi yaxshi! Raketalar Erondan Iroqda joylashgan ikkita harbiy baza tomon uchirilgan. Hammasi ko‘ngildagidek ketmoqda! Bugungi kunda bizda jahondagi eng qudratli va eng yaxshi ta’minlangan harbiylar bor! Men (Amerika vaqti bilan) tongda bayonot beraman», — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Xabar berishlaricha, Eronning Amerika harbiy bazalariga hujumidan so‘ng, Oq uyda milliy xavfsizlikning yuqori martabali vakillari, xususan, davlat kotibi Mayk Pompeo, vitse-prezident Maykl Pens va Pentagon rahbari Mark Esper ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazilgan. CNN’ning xabar berishicha, yig‘ilish yakuniga yetishi bilan, prezident Donald Tramp Amerika xalqiga murojaat qilishi kutilgan edi.

Keyinroq esa Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishem bugun Donald Tramp ma’muriyatidan ortiq hech qanday bayonot bo‘lmasligi, prezident chiqish qilmasligi va bu umuman rejalashtirilmaganligini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 1
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar