“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:13
ЎЗO‘Z

Umra ziyoratiga borgan O‘zbekiston fuqarosi Jiddada og‘ir ahvolga tushib qoldi

07 yanv, 13:24 4 602 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umra ziyoratiga borgan O‘zbekiston fuqarosi Jiddada og‘ir ahvolga tushib qoldi 2020 yil 3 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 80 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A.X.ning og‘ir ahvolga tushgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqalgan. O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsulxonasi shu kunning o‘zida u bilan aloqa o‘rnatgan va unga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabar berilishicha, A.X. ma’lum kishilar bilan Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun safar tashkillashtirish, xususan mehmonxona, ovqatlanish, doimiy kuzatuv xizmati xarajatlarini qoplashga kelishib olgan. Ammo A.X. 1 yanvar kuni Bishkek va Istanbul orqali Jidda shahri aeroportiga kelganida, va’da qilinganiga qaramay uni hech kim kutib olmagan.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari vazirligi ko‘magi bilan O‘zbekiston fuqarosiga zarur yordam ko‘rsatilgan, xususan mehmonxonaga joylashtirilgan. Hozirda u Umra amallarini ado etmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar