“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:20
ЎЗO‘Z

Tramp: «Eron hech qachon urushda g‘olib bo‘lmagan»

04 yanv, 06:00 4 545 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp: «Eron hech qachon urushda g‘olib bo‘lmagan» AQSH prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi bilan tugagan operatsiya haqida fikr bildirdi. Bu Trampning operatsiya haqida ilk fikrlari bo‘ldi.

«Eron hech qachon urushda g‘olib bo‘lmagan, ammo hech muzokaralarda yutqazmagan», deb yozdi AQSH prezidenti.

Iran never won a war, but never lost a negotiation!

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) January 3, 2020

Keyingi tvitlarida Tramp bevosita Qosim Sulaymoniy haqida yozdi.

«General Qosim Sulaymoniy minglab amerikaliklarni o‘ldirdi yoki jarohatladi. U yana ko‘pchilikni o‘ldirishni rejalashtirayotgandi, ammo qo‘lga tushdi! U millionlab odamlarning, jumladan Erondagi namoyishchilarning o‘ldirilishi uchun javobgar.

Eron buni tan olishni xohlamayotgan bir vaqtda Sulaymoniydan Eronning o‘zida qo‘rqishar va undan nafratlanishardi. Ular rahbarlari tashqi dunyoni ishontirishga urinayotgan darajada xafa emas. U ancha yillar oldin qo‘lga olinishi kerak edi», deydi Tramp.

Tramp navbatdagi postlarida Iroq ustidan nazorat haqida gapirdi: «AQSH Iroqqa har yili milliardlab dollar pul sarflayapti. Bu biz qilishimiz mumkin bo‘lgan eng ko‘p narsa. Iroqliklar ularni Eron nazorat qilishini xohlashmaydi, bu ularning tanlovi. So‘nggi 15 yilda Eron nazoratni tinimsiz oshirib bordi. Iroqliklar esa bundan xursand emas. Bu hech qachon yaxshilik bilan tugamaydi».

2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy AQSH harbiylari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya oqibatida halok bo‘ldi. Uning mashinasi masofadan turib boshqariladigan dron yordamida o‘qqa tutilgan va Sulaymoniy halok bo‘lgan. Uning shaxsi qo‘lidagi mashhur uzugi yordamida aniqlandi.

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • So'nggi yangiliklar

  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar