“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 16:17
ЎЗO‘Z

Apple aksiyalari yangi rekord o‘rnatdi

03 yanv, 23:49 2 507 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple aksiyalari yangi rekord o‘rnatdi Foto: Mike Blake /Reuters
Apple kompaniyasi aksiyalari yangi narx rekordi o‘rnatib, bir donasi narxi 300 dollardan oshdi. Kompaniya aksiyalari bir kun ichida 2,3 foizga qimmatlashgan, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kompaniya aksiyalariga AirPods quloqchinining yangi modeli, Apple TV+ striming xizmatining ishga tushirilishi hamda 2019 yil 3-chorakdagi moliyaviy natijalar ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Ayni vaqtda Apple’ning bozor narxi 1,33 trln dollarga baholanmoqda va u dunyodagi eng qimmat kompaniya bo‘lib qolmoqda. 2-o‘rinni kapitallashuvi 1,23 trln dollarga baholanayotgan Microsoft egallamoqda.

Yangi simsiz AirPods Pro quloqchinlari 2019 yil 28 oktabrda taqdim etilgan. Uning o‘ziga xos jihati shovqinni faol bostirish funksiyasi hisoblanadi. Qurilmada “shaffof rejim”ning faollashtirilishi tashqi tovushlar, misol uchun, yaqinlashayotgan avtomobil ovozi yoki jamoat transportida bekat nomining e’lon qilinishi kabilarni eshitishga imkon beradi.

Apple TV+ videoservisi 2019 yil 1 noyabrda ishga tushirilgan. U 100 dan ko‘proq davlatda ishlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 202
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 308
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 198
  • Bo‘limlar