“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:40
ЎЗO‘Z

Xabarovskda beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyoti qulab tushdi

24 dek, 18:39 3 315 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xabarovskda beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyoti qulab tushdi Foto: Sergey Bobilev/TASS
Beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyoti Xabarovsk o‘lkasidagi Komsomolsk-Amurdagi sinov parvozi vaqtida taygaga qulab tushdi.

Samolyot «Dzemgi» aerodromidan 120 kilometr masofada joylashgan taygada dvigatelni sinovdan o‘tkazish vaqtida halokatga uchragan. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q, uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan.

Samolyot Rossiya Mudofaa vazirligiga emas, Komsomolsk-Amurdagi Gagarin nomli aviazavodga tegishli bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bu bunday rusumli qiruvchi samolyotning ilk marta halokatga uchrashidir. Hodisaning asosiy sabablari sifatida nosozlik va parvoz vaqtidagi xatolik ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Su-57 — Rossiyaning ko‘p maqsadli beshinchi avlod qiruvchi samolyotidir, u Suxoy sinov-konstruktorlik byurosi tomonidan front aviatsiyasi uchun ishlab chiqilgan.

Rossiyada beshinchi avlod samolyoti ishlab chiqilishi haqida 2000-yillar boshidayoq gapira boshlangandi, bunday samolyot Rossiyaning zamonaviy qurollanishdagi salohiyatini namoyish etishi ko‘zda tutilgandi. Avvaliga uning ilk parvozi 2006 yilga mo‘ljallangan, keyin muddat bir necha bor surilgan. Yakunda Su-57 qiruvchi samolyotining ilk parvozi 2010 yilning 29 yanvarida Komsomolsk-Amurda amalga oshirilgandi.

2017 yilning dekabrida Su-57 yangi dvigatellar bilan parvoz qiladi, 2018 yilning yanvar oyi oxirida esa samolyot qurollar bilan ucha boshlaydi.

2018 yil marti Rossiya Mudofaa vaziri eng so‘nggi Su-57 Suriyadagi sinov dasturiga kiritilgani haqida ma’lum qiladi. Bir necha oy o‘tib Shoygu sinovlar fevral oyida o‘tkazilgani va bu sinovlar vaqtida qanotli raketalari uchirilgani haqida aniqlik kiritdi.

2019 yilning iyunida Rossiya Mudofaa vazirligi «Birlashgan aviaquruvchi korporatsiya»sidan Su-57 qiruvchilari partiyasini sotib olgandi. Shartnoma Rossiya prezidenti Vladimir Putin guvohligida «Armiya-2019» ko‘rgazmasida tuzilgandi. Kelishuvga ko‘ra 76ta qiruvchi samolyot yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar