“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 20:28
ЎЗO‘Z

Xitoy tabiiy quyoshdan 13 marta issiqroq “sun’iy quyosh” yaratmoqda

22 dek, 06:00 4 352 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy tabiiy quyoshdan 13 marta issiqroq “sun’iy quyosh” yaratmoqda Xitoy o‘zining “sun’iy quyosh”i – quyosh markazidagi termoyadro reaksiyalarini takrorlab atom yadrosidan energiya oladigan reaktorni ishga tushirmoqda.

Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi uni amalga oshirganlarga toza, arzon hamda deyarli tuganmas energiya olish imkonini beradi, deb yozmoqda Newsweek.

Reaktor HL-2M Tokamak deb ataladi. U 2006 yildan beri qo‘llanilayotgan “Yeksperimental Yuqori Supero‘tkazgichli Tokamak” loyihasining bir qismi sanaladi. Mart oyida Xitoy milliy yadro korporatsiyasi HL-2M loyihasi shu yilning oxiriga qadar ishga tushirilishini ma’lum qilgan edi.

Korporatsiyada ishlovchi janubi-g‘arbiy fizika universiteti raisi Duan Syuruning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilma 200 million gradus selsiygacha chiqa oladi. Bu quyosh markazidan 13 marta issiqroq degani. Avvalgi “sun’iy quyosh” yaratish tajribalarida u 100 million gradus selsiygacha yetgan edi.

Yadro sintezi bu quyoshni quvvatlantiradigan reaksiya hisoblanadi. Bunda ikkita yengilroq atom yadrolari bitta og‘irroq atom yadrosi hosil qilish uchun ishlatiladi. Og‘irroq atom yadrosi esa katta miqdordagi energiya manbasi hisoblanadi. Yadro harorati taxminan 15 million darajaga yetadigan quyoshda vodorod atomlari birlashib geliyni hosil qiladi.

Bu narsani yerda takrorlash uchun olimlarga yoqilg‘i kerak. Xitoyliklar bu yoqilg‘i sifatida plazmadan foydalanishmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 7
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 72
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 34
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 249
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 7
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 7
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 127
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 72
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 297
  • Bo‘limlar