“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:13
ЎЗO‘Z

Facebook Gruziya hukumatiga aloqador yuzlab sahifalarni o‘chirib tashladi

21 dek, 22:23 2 667 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook Gruziya hukumatiga aloqador yuzlab sahifalarni o‘chirib tashladi Facebook kompaniyasi ushbu ijtimoiy tarmoqda Gruziya hukumati va «Gruziya orzusi» hukmron partiyasiga aloqador o‘nlab soxta akkauntlar va yuzlab sahifalar aniqlanganini ma’lum qildi. «Kommersant’»ning yozishicha, umumiy hisobda 39 ta akkaunt, 344 ta sahifa va 13 ta guruh, shuningdek Instagram’dan 22 ta akkaunt o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, soxta akkauntlardan mahalliy auditoriyani jalb qilish maqsadida foydalanilgan. Ushbu sahifalar o‘zini yangiliklar manbasi sifatida ko‘rsatgan.

Ular mamlakat ichidagi voqealar va siyosat to‘g‘risida — saylovlar, hukumat ishi, amaldorlar va hokazolar haqida xabarlar joylashtirgan. Muxolifat va mahalliy faollar tashkilotlari faoliyati esa tanqidiy yoritilgan.

«Uning ortida turgan odamlar o‘zlarining kimligini yashirishga harakat qilganiga qaramay, izlanishlarimizda ularning Gruziyadagi ‘Panda’ reklama agentligi va ‘Gruziya orzusi’ boshchiligidagi hukumat bilan aloqadorligini ko‘rsatdi», — deyiladi Facebook bayonotida.

Facebook, shuningdek, misol tariqasida ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy yetakchilar to‘g‘risidagi postlardan skrinshotlarni ham keltirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 1
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 301
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 199
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar