“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:04
ЎЗO‘Z

AQSH vakillar palatasi Trampning impichmenti uchun ovoz berdi

19 dek, 09:30 2 785 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH vakillar palatasi Trampning impichmenti uchun ovoz berdi Foto: The New York Times
AQSH kongressi vakillar palatasi (quyi palata) AQSH prezidenti Donald Trampga qo‘yilgan ikki ayblov – “vakolatlarni suiiste’mol qilish” va “kongressga qarshilik ko‘rsatish” bo‘yicha prezidentning impichmenti uchun ovoz berdi.

Quyi palatada ko‘pchilikni tashkil qiluvchi demokratlar impichment uchun, respublikachilar esa unga qarshi ovoz berishgan.

Endi ish senatda ko‘rib chiqiladi, u Tramp ustidan sud jarayonini o‘tkazadi. Senatda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi respublikachilar Trampga impichment e’lon qilmoqchi emaslar.

Trampning o‘zi demokratlar tomonidan boshlangan impichment jarayonini ularning “siyosiy o‘z joniga qasd qilishi” deb atagan. “Bekorchi demokratlar amerikalik saylovchilarga o‘z adovatini ochiqchasiga ko‘rsatmoqda. Ushbu noqonuniy va siyosiylashgan impichment Demokratik partiyaning siyosiy o‘z joniga qasd qilishi hisoblanadi. Siz mening reytingimni ko‘rganmisiz? Ular menga birinchi kundanoq impichment e’lon qilishga harakat qilishgan. Ular buni men kurashni boshlashimdan oldinoq qilishga urinishgan”, deb aytgan Tramp Michigandagi namoyishda.

Uning ta’kidlashicha, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi 2020 yilgi saylovlar natijalariga ko‘ra kongressdagi o‘rnidan mahrum bo‘lishi muqarrar.
Oq uyda Tramp impichment jarayoni doirasidagi keyingi qadamlarga tayyorligini va senatda to‘liq oqlanishiga ishonchi komilligi aytilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar