“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:36
ЎЗO‘Z

«Tramp haqiga duodaman» yoxud nega diningizni yashiraverasiz?!

09 dek, 22:38 2 706 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Tramp haqiga duodaman» yoxud nega diningizni yashiraverasiz?! Matbuot anjumanida “nafrat” janjali
Nensi Pelosi xonim – demokratlar partiyasidan deputat, AQSh vakillar palatasining raisi va Donald Trampning ashaddiy raqiblaridan biri. O‘tgan payshanba kuni Nensi Pelosi hozirgi prezident ustidan impichment jarayoniga bag‘ishlangan matbuot anjumanidagi minbarni tark etayotgan chog‘ida jurnalistlardan biri “Nima uchun Trampdan nafratlanasiz?!” deb savol tashlab qoldi.

Pelosi mikrofonlardan uzoqlashib, anjuman xonasini tark etayotgandi va u boshqa savollarga javob bermaslikka haqqi bor edi. Ammo siyosatchi xonim to‘xtadi va savol bergan jurnalistga burilib “Men bu dunyoda hech kimdan nafratlanmayman! Siz menga bu ayblovni qo‘ya olmaysiz!” dedi va minbarga qaytib ushbu nutqni so‘zladi:

“Odamlarga yordam qo‘lini cho‘zishga kelganda, qurolli zo‘ravonlik xatari ostida qolgan bolalarga kelganda, Trampni men jur’atsiz deb hisoblayman. Norasmiy migrantlar farzandlari bo‘lgan “orzuchilar”imiz uchun fuqarolik berishga kelganda Trampni mehrsizlik qilyapti deb hisoblayman. Iqlim inqirozini inkor qilgani uchun men uni ayblayman. Ammo bu masalalarni saylov bahslariga qoldiramiz. Hozirgi muammoga kelsak (impchimentga sabab bo‘lgan mojaroga ishora qilyapti), bu konstitutsiyamizning buzilishiga taalluqlidir.

Sizning men haqimda gapira turib, “nafrat” so‘zini ishlatishingizdan men katolik nasroniy sifatida mutlaqo noroziman. Men hech kimdan qahr bilan nafratlanmayman. Men katoliklar oilasida tarbiya topgan insonman, bizga qalbda muhabbatni saqlashni o‘rgatganlar. Men hamisha prezident haqiga duo qilar edim va haligacha prezident haqiga duo qilaman. Shuning uchun bunday so‘zni menga nisbatan ishlatmang!

Din yashirilishi kerakmi?
Pelossining bu nutqida mening e’tiborimni tortgan narsa ushbu narsa bo‘ldi: AQShda siyosatchilar diniy qarashlarini yashirmaydilar, aksincha, dinlari o‘zlarining ma’naviy poydevori ekanligini ochiqchasiga e’lon qiladilar, Xudodan so‘rayotgan iltijolarini o‘rni kelganda ochiqlaydilar. “Din bu shaxsning intim masalasi, populizm qilyapsan” deb dindan gapirgan deputatning og‘ziga urilmaydi.

Xolis gapiryaptimi yoki odamlarga yoqish uchunmi, bu – uning ichidagi narsa; amali va so‘zi o‘rtasidagi tafovut ko‘ringan taqdirdagina tanqidga o‘rin bo‘ladi. “Bizda dunyoviy davlat” deb siyosatchi va davlat rahbarlarining omma oldida diniy mavzuda gapirishni qoralaydiganlar bor. Menimcha davlatning demokratik qonunlar tizimiga tayanishi odamlar dinlarini uylarida qoldirib, jamoatchlik oldida o‘zlarini dinsiz qilib ko‘rsatishlari kerakligini anglatmaydi. Odamlar o‘z e’tiqodlarini ham yashirishga majbur emaslar.

Ma’naviy tushunchalar inqirozi
“Ma’naviyatimizga zid holat” degan hayqiriq bilan “ma’naviyatnutiylar” degan istehzo iborasi o‘rtasida o‘zaro to‘qnashuvga guvoh bo‘lyapmiz. Birinchilari bu iboraning aynan nimani nazarda tutayotganliklarini aytmaydilar. Misol uchun, Nensi Pelosi “nafrat” tushunchasini o‘ziga nisbatan ma’nan qabul qilmasligini katolik dini bilan asosladi.

“Ma’naviyat” so‘zini bahsda iste’mol qilayotganlar aynan nimani nazarda tutayotganliklarini aniq aytsalar yaxshi bo‘lardi: Diniy asoslarmi? Milliy an’analarmi? Umuminsoniy qadriyatlarmi? Nima haqda gap ketyapti o‘zi? Gapdagi mavhumlik ma’naviyat tushunchasining qadrsizlanib borishiga olib keladi.

Ikkinchi tarafning iddaolariga e’tibor bersak, ularning tanqidlari “ma’naviyatga murojaat real muammolardan chalg‘itish” haqidaligini tushunamiz, biroq negadir ba’zan hujum ma’naviy qadriyatlar o‘ziga qaratilgandek ko‘rinadi. Darvoqe, ijtimoiy adolat, tenglik, erkinlik g‘oyalari aslida ma’anaviy asoslardanligini unutmaslik kerak edi.

Fikrimcha, bahslarda ishora qilingan ma’naviy asoslar o‘z nomlari bilan tortinmasdan ochiq aytilishi kerak. “Ma’naviyat”ni tanqid qiluvchilar ham qaysi dunyoqarash va qadriyatga tayanganliklarini ochiqlashlarini istardim; ularda o‘z ma’naviy ildizlari borligiga ishonaman, chunki haqiqatdan ma’naviyatsiz bo‘lganlarida ijtimoiy muammolarga nisbatan befarq qolgan bo‘lardilar.

Jamshid Muslimov, tahlilchi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 136
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar