“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 05:52
ЎЗO‘Z

Asrimiz fojeasiga aylanayotgan Viktoriya sharsharasi haqida

08 dek, 08:53 7 661 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Asrimiz fojeasiga aylanayotgan Viktoriya sharsharasi haqida Asrimizning eng katta yo‘qotishlaridan biri bo‘lishi mumkinligi kutilayotgan Viktoriya sharsharasining qurib qolishi dunyo ahlini xavotirga solmoqda. Negaki, Afrika janubidagi eng katta sayyohlik maskanlaridan biri bo‘lgan Zambezi daryosi va undagi Viktoriya sharsharasi bu yilgi quruq mavsumda misli ko‘rilmagan darajadagi qurg‘oqchilikni boshdan kechirmoqda.

Afrikaning janubidagi Zambezi daryosidan toshib turadigan Viktoriya sharsharasi millionlab dam oluvchilarni Zimbabve va Zambiyaga jalb qilib kelardi. Tabiiyki, bu tabiat mo‘’jizasiga qiziqib keluvchilar soni keskin tushib ketyapti. Bu holat esa shu yerli aholining ta’minot sohalari: energetika, savdo-sotiq va oziq-ovqat tizimiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

30 yoshli hunarmand sotuvchi Dominik Nyambe Zambiyaning Livingstondagi do‘koni oldida savdo qiladi hamda u bu yilgi qurg‘oqchilik mavsumi avval hech ham kuzatilmagani, sayohatchilar oqimi pasaygani bois savdo ham deyarli to‘xtab qolganini aytdi. Zambezi daryosiga qurilgan GES faoliyati to‘xtagani sababli aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari ham ko‘payganligini qo‘shimcha qildi.

45 millionga yaqin odam yuqorida qayd etilgan muammolar girdobida azob chekayapti. Odamlar bilan gavjum bo‘lgan ajoyib tabiat go‘shasi endilikda quruq xarsang toshlardan iborat bo‘lib qolgani achinarli holatdir. Bunday qurg‘oqchilikni keltirib chiqargan omil tabiatni zaharlovchi issiqxona gazlari bo‘lishi mumkinligi haqida bir qancha mutaxassislar fikr bildirishmoqda.
Viktoriya sharsharasi, Afrika, Zambezi daryosi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 309
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 108
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 208
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 93
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 43
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 76
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 37
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 267
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 83
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • Bo‘limlar