“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:40
ЎЗO‘Z

Rasman: Nyu-York sobiq meri Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashga qo‘shildi

25 noya, 10:53 2 390 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasman: Nyu-York sobiq meri Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashga qo‘shildi Nyu-York shahri sobiq meri Maykl Blumberg o‘z nomzodini Demokratlar partiyasidan prezidentlikka rasman taqdim etdi, deya xabar berdi «Doycha Velle».
«Donald Trampni yengish va Amerikani tiklash uchun men prezidentlik poygasiga boryapman», — dedi Blumberg kecha, 24 noyabr kuni bergan bayonotida.

«Biz yana to‘rt yil prezident Tramp andishasiz g‘ayriaxloqiy qiliqlarini davom ettirishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», — dedi 77 yoshli mediamagnat. U Trampni mamlakat va uning qadriyatlariga tahdid uyg‘otishda aybladi, u prezidentlikka qayta saylansa yetadigan zarardan AQSh o‘zini qayta tiklay olmaydi degan xavotirda.

Blumberg oldingi intervyularida Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomlari ko‘rsatilgan boshqa siyosatchilar Trampni yenga olmasliklarini aytgandi.

Blumberg hech qanaqa xayriyalarsiz, o‘z saylov kampaniyasini o‘zi moliyalashtirishini ham ma’lum qilib o‘tdi.
Tadbirkor 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida hal qiluvchi rolni o‘ynovchi «muallaq shtatlar» — Arizona, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsinga katta umid bildiryapti.

Ma’lumot uchun: Maykl Blumbergning shaxsiy boyligi — 50 milliard dollardan ziyod. U 2001 yildan 2013 yilgacha Nyu-York meri bo‘lgan (avvaliga Respublikachilar partiyasidan, keyin mustaqil nomzod sifatida saylovlarda g‘olib chiqqan). 2018 yili Demokratlar partiyasiga o‘tib ketdi. Ayni paytda, so‘rovnomalarga ko‘ra, prezident bo‘lish uchun Demokratlar partiyasidan nomzodlar orasida sobiq vitse-prezident Jo Baydenning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Keyingi o‘rinlarda Elizabet Uorren va Berni Sanders.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 113
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 136
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 162
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 43
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar