“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:30
ЎЗO‘Z

Dunyodagi eng yosh universitet bitiruvchisi bo‘lgan 9 yoshli bolakay

20 noya, 06:00 4 456 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi eng yosh universitet bitiruvchisi bo‘lgan 9 yoshli bolakay 9 yoshni qarshi olgan bolakay universitet bitiruvchisiga aylandi. Aspiranturada o‘qishini davom ettirish uchun unga ko‘plab professorlar taniqli universitetlarni taklif qilishmoqda.

Hozirda Lourent Simons "Eyndxoven Texnologiya Universiteti" da elektrotexnika mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda. U 9 oyda o‘qishni tugatishni rejalashtirmoqda.

8 yoshida o‘rta maktabni tugatgan Lourent, universitetning birinchi kursini dekabr oyida tugatishi kutilmoqda. So‘ngra, "Alabama universiteti"ni 10 yoshida tamomlagan Maykl Kerni erishgan "dunyoning eng yosh bitiruvchisi" unvonini qo‘lga kiritadi.

Kelajakda u kosmonavt yoki yurak jarrohi bo‘lishni xohlaydi.

Belgiyada tug‘ilgan bu bolakayga "bolalar dahosi" degan nom berilgan va uni Albert Eynshteyn va Stiven Xokingga taqqoslashadi. Shuningdek, u to‘rt tilda bemalol gaplasha oladi. U 4 yoshdan maktabni boshladi, so‘ngra 12 oy ichida besh yillik o‘qishni yakunladi.

Uning dastlabki qobiliyatlarini buvisi hamda bobosi payqab qolishgan. Keyin esa bu haqida ota-onasini ogohlantirishgan.

Uning hozirgi ustozi, professor Piter Baltusning ta’kidlashicha: "Lourent eng aqlli talabalarga qaraganda uch marta ko‘p aql-zakovatga ega".

Yozgi kurslarda dars bergan shveysariyalik professor Jon Uilkes ham bolaga Oksford universitetida o‘qishni maslahat berishini aytib o‘tdi.
universitet, Lourent Simons




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 275
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar