“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:57
ЎЗO‘Z

«Bizga bunday ittifoqning nima keragi bor?»: Lukashenko Rossiya bilan birlashish borasida o‘z fikrini bildirdi

18 noya, 09:00 3 433 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bizga bunday ittifoqning nima keragi bor?»: Lukashenko Rossiya bilan birlashish borasida o‘z fikrini bildirdi 17 noyabrda Belarusda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda va mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko saylov uchastkasida ovoz bergach, Rossiya bilan birlashish istiqbollariga baho berdi.

Lukashenko Rossiya bilan har yillik savdo defitsiti 9 mlrd dollarni tashkil qilishini va Belarus mahsulotlarining Rossiya bozorlariga qo‘yilmasligi bu defitsitni kamaytirishga yordam bermasligini aytib o‘tdi.

«Sen biror birlashmaga kirayotganingda, bundan har oy va yil tobora yaxshiroq bo‘lishini kutasan. Bizda-chi, nima sodir bo‘lmoqda? Bizga har yil yangi shartlar qo‘yilmoqda. Natijada biz iqtisodiyotda nimadir yo‘qotganimiz-yo‘qotgan», deb aytgan Belarus yetakchisi.

«Bizga bunday ittifoqning nima keragi bor? Men sizlarga oddiy, dehqonchasiga aytmoqdaman!», deb qo‘shimcha qilgan Lukashenko.
Lukashenko Belarus Rossiyadan hech narsa so‘ramasligi, biroq xo‘jalik sub’ektlari uchun teng sharoitlarni talab qilayotganini aytgan.

Minsk va Moskva kelishuvi
Minskda ta’kidlanishicha, ikki davlat o‘rtasidagi ittifoq haqidagi kelishuv 1999 yilda tuzilgan va hozirda Moskva uning bajarilishini talab qilmoqda.
Belarus va Rossiya prezidentlari integratsiya hujjatlarini 8 dekabrda, ittifoq tashkil etilganining 20 yilligida imzolashni rejalashtirmoqda.

«Agar hujjatlar konstitutsiyaga va jamiyatimizning asosiy tamoyillariga zid bo‘lsa, men tomonimdan imzolanmaydi. Bu borada xavotir qilmang», deb aytgan Belarus prezidenti.
Lukashenko, shuningdek, 2020 yilda o‘tadigan navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qilgan.

«Agar odamlar meni biror saylovlarda qo‘llab-quvvatlashmasa, xafa bo‘lmayman. Men yetarlicha ancha vaqt ishladim. Bu saylovlarga mening nomzodimni ilgari surish haqida siz o‘ylang. Agar barqarorlikni, davlat ravnaqini qadrlasangiz, sizni sotmasliklari va biror burchakka tiqishlarini istamasangiz, unda kelib, «eshit, prezident, san hali baquvvatsan», deb aytinglar», deya ta’kidlab o‘tgan Lukashenko.

Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u «agar xalq iltimos qilsa», 2025 yilda 7-muddatga nomzodini ilgari surishni ham rejalashtirayotgani kelib chiqadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 301
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 199
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar