“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 11:11
ЎЗO‘Z

Afg‘onistonda ichida o‘zbekistonliklar ham bo‘lgan 600 dan ortiq IShID terrorchilari taslim bo‘lgani aytilmoqda

17 noya, 22:30 4 062 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afg‘onistonda ichida o‘zbekistonliklar ham bo‘lgan 600 dan ortiq IShID terrorchilari taslim bo‘lgani aytilmoqda Foto: AFP
Oxirgi ikki hafta ichida Afg‘oniston islom respublikasining Nangarxor viloyatida IShID terrorchilik tashkiloti terrorchilari va ularning oila a’zolarining 615 nafari mamlakat hukumatiga taslim bo‘lgan. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib «Afghanistan.ru» xabar berdi.

Vazirlik hisobotiga ko‘ra, 15 noyabrda Xoros viloyatining Achin qishlog‘ida IShIDning 18 nafar jangarisi va ularning 55 nafar oila a’zolari (24 nafar ayol hamda 31 nafar bola) hukumat harbiy kuchlariga taslim bo‘lgan. Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha o‘z xohishi bilan asir tushgan terrorchilar orasida O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya va yana boshqa xorij davlatlarining fuqarolari bor.

Afg‘oniston harbiy kuchlari mamlakat hududida IShIDga qarshi operatsiyalarning yanada kuchaygani va ayovsiz kurashga aylanganini qayd etgan.

Avval Nangarxorda IShID terrorchilik tashkilotining 300 nafar a’zosi hibsga olingani xabar qilingan. Qo‘lga tushganlar haqida mahalliy telekanllarda namoyish qilingan reportajlar Afg‘onistonda katta shov-shuv ko‘tardi.

Taslim bo‘lganlarning asosiy qismi jangarilar emas balki ularning ayollari va bolalari ekani qayd etilgan. Mahalliy hokimlik organlari ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Mudofaa vazirligi rahbari 14 noyabrda rasmiy Kobulga o‘z qurollari bilan IShIDning jami 82 nafar terrorchisi taslim bo‘lgani, ularning hamrohligida 51 nafar ayol va 96 nafar bolaning ham ixtiyori davlat huquq-tartibot organlariga topshirilganini bildirgan. Nangarxorning Achin tumanida ham jangarilar o‘z ixtiyori bilan mamlakat harbiylariga taslim bo‘lgan.

5 noyabrdan 6 noyabrga o‘tar kechasi 20 nafar jangarilar Dushanbedan 60 kilometr uzoqlikdagi «Ishqobod» postining «Sultonobod» harbiy otryadiga hujum qilgan, to‘qnashuv natijasida noma’lum shaxslar chegarachilarning avtomatlarini egallab olgan, xavfsizlik xodimlari o‘tkazgan tezkor maxsus harbiy operatsiya davomida qurollangan jinoiy guruhning 15 nafar a’zosi yo‘q qilingan va 5 nafar jangari qo‘lga olingan.

Jangarilar so‘roq qilinganidan keyin ularning Afg‘oniston hududidan qochib o‘tgan IShID terrorchilari ekanligi aniqlangan. Hujum uyushtirganlarning barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lgani, qo‘lga olingan va halok bo‘lganlar orasida ayollar ham borligi xabar qilindi. Afg‘oniston hukumati vakillari IShID terrorchilarining mamlakat hududidan Tojikistonga o‘tib, 6 noyabrda chegara postiga hujum uyushtirganini inkor etdi. Keyinchalik Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Masud Andrabiy mamlakatda IShID jangarilarining mutlaq tor-mor etilgani haqida ma’lumot berdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 170
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 249
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 339
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Bo‘limlar