“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 19:57
ЎЗO‘Z

«Ibrohim alayhissalomni ko‘rganman»

16 noya, 19:46 8 701 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ibrohim alayhissalomni ko‘rganman» Maqomi Ibrohim kubga o‘xshash tosh. Ibrohim alayhis salom ana shu tosh tepasidan turib odamlarni hajga chaqirganlar. Shayx Sha’roviyning bu toshga bog‘liq qissalari bor. Bu hodisa 1954 yilda shayx Makkai mukarramada shariat fakultetida ishlayotgan paytda bo‘lgan. O‘sha paytda maqomi Ibrohimni o‘z o‘rnidan olib boshqa joyga ko‘chirish harakati boshlandi. Ya’ni tavof qiluvchilarga joyni kengaytirib, Maqomni orqaga o‘tkazish kerak edi. Podshoh uni ko‘chirish uchun seshanba kunini belgiladi. Shayx Sha’roviy aytadilar:

"Men bu voqeani besh kun oldin Haramda namoz o‘qigani kelganimda to‘satdan eshitib qoldim. Saudiya olimlari bu ishga Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning maqomni oldingi joyidan ko‘chirganlarini dalil qilishayotgan ekan. Maqom oldin Ka’baga yopishib turgan bo‘lgan".

Ulug‘ shayx bu fikrga qarshi chiqib, darhol harakat boshladilar. Tezlik bilan Saudiya va Misr ulamolari bilan aloqa bog‘lab gaplashdilar. Ular endi kech bo‘lganini va maqomning yangi o‘rni bitganini aytishdi. Sha’roviy aytadilar:

"Men Saudiya podshosiga besh sahifadan iborat telegramma jo‘natdim. Unda masalaning fiqhiy va tarixiy tomonini keng yoritdim. Rasulullohning qilganlarini dalil qilayotganlar xato qilishganini aytdim. Zero, Rasululloh payg‘ambarlar, u zot Allohning buyrug‘ini tatbiq qiladilar. Bu narsani hujjat qilib maqomni Rasululloh sallollohu alayhi va sallam o‘rnatgan joydan olishimiz mumkin emas. Hazrati Umar roziyallohu anhu ham o‘z davrlarida buni qilmaganlar. O‘shanda kuchli sel kelib maqomni oqizib uning o‘rnini o‘zgartirib yuborgan edi. Hazrati Umar roziyollohu anhu darhol Madinadan kelib sahobalarni to‘plab ular bilan maslahat qildilar:

— Qaysi biringiz maqomni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning davrlaridagi o‘rnini biladi?
Shunda bir kishi turib:
— Men bilaman ey Umar. Buning uchun asbob ham hozirlab qo‘yganman. Maqomni o‘zining yonidagi narsalarga nisbatan qancha uzoqlikda ekanini o‘lchab qo‘ygan edim.

U kishi bunga arqonlarni ishlatgan ekan. Hazrati Umar darhol arqonlarni keltirishni buyurdilar. U keltirdi. Uning rosgo‘yligiga ishonib, Maqomni o‘z o‘rniga qaytardilar".

Bu telegramma podshohga yetib borgach, olimlarni to‘plab uni muhokama qildi. Ular keltirgan dalillarga hamfikr ekanliklarini aytishdi. Podshoh maqomi Ibrohimni o‘z joyidan o‘zgartirish haqidagi qarorini bekor qildi. Keyin tavof yerini kengaytirish haqidagi Sha’roviyning fikrlarini o‘rganib chiqishni buyurdi. Shayx Sha’roviy maqom hisoblanmish u toshni sinmaydigan shisha qubba ostiga qo‘yishni taklif qilgan edilar. Chunki u oldin tavof qiluvchilarga xalaqit qiladigan kattaroq inshootda turar edi.

Podshoh shayx Sha’roviyni chaqirtirib, ikrom qildi. U kishiga chopon, soat va qalam hadya qildi. Shunda shayx ozgina jim bo‘lib o‘zlari bilan ovora bo‘lib qoldilar va yuzlarida shodlik nuri porlab dedilar:

"Podshoh maqomni ko‘chirish uchun qaror chiqarganidan ikki kun keyin Alloh meni .... ko‘zlarim sayyidimiz Ibrohim alayhis salomni ko‘rishga musharraf bo‘ldi".

Alloh ulug‘, ma’rifatli shayxni o‘z rahmatiga burkasin!
Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 0
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 1
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 34
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 47
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 284
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 0
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 0
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 1
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 0
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 3
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 34
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 46
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 24
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 8
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 55
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 44
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 111
  • Bo‘limlar