“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:00
ЎЗO‘Z

Dunyodagi eng vaxshiy qamoqxonalar haqida...

16 noya, 13:15 12 641 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi eng vaxshiy qamoqxonalar haqida... Odamlar orasida eng qo‘rqinchli va dahshatli qamoqxonalar haqidagi mish-mishlar quloqqa tez-tez chalinib turadi. Ularning qanchalik rost yoki yolg‘onligi ko‘pchiligimiz uchun mavhum. Ammo shunday qamoqxonalar rostdan ham bor. Ulardan ba’zilari o‘zining juda ham shafqatsizligi bilan nom chiqargan. Quyida ularning bir nechtasini ko‘rib chiqamiz:

1. Carandiru Axloq Tuzatish muassasasi (Braziliya, Janubiy Amerika) - bu joy dunyodagi eng shafqatsiz va halokatli qamoqxona hisoblanadi. Mazkur «nursiz qal’a»da eng ashaddiy jinoyatchilar saqlanadi. Ushbu qamoqxonada 1992 yilda shafqatsiz qatliom bo‘lib, 102 mahbus otib o‘ldirilgan edi. Qamoqxonadagi yashash muhiti inson sog‘lig‘i uchun dahshatli muammolar keltirib chiqarishi butun dunyoga ovoza bo‘lgan. Qamoqxona sog‘liqni saqlash bo‘limida har beshta maxbusdan birida OITS kasalligi aniqlangan.

2. Suriyaning Palmira shahridagi Tadmor harbiy qamoqxonasi - bu joy dunyoda maxbuslar uchun go‘yo vaqt o‘tishi to‘xtab qolgandek tuyuladigan eng zolim qamoqxonalardan biri sifatida tanilgan. Xalqaro Amnistiya tashkilotining ta’kidlashicha, «bu qamoqxona faqatgina o‘z maxbuslarini jonidan to‘yg‘izish uchun qurib bitkazilgan». Qamoqxona tarixidagi eng mashhur voqea 1980 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan. Prezident Hafiz al-Assad Musulmon Birodarlar tomonidan uyushtirilgan hujumdan omon qolgach, o‘ch olish maqsadida har bir mahbusni qatl qilishni buyurgan. Tadmor 2001 yilda yopib tashlangan, ammo 2011 yilda yana qayta ochilgan. Bugun ham ushbu qamoqxona o‘z shafqatsizligi bilan dong taratib kelmoqda.

3. La Sabaneta qamoqxonasi - ushbu «jahannam» Janubiy Amerika hududidagi Venesuela shtatida joylashgan. Qamoqxona 15000 mahbusga mo‘ljallab qurilgan bo‘lsada, bugungi kunda qamoqxona ma’muriyati 25000 mahbusga joy ajratib qo‘ygan. Bu muassasada juda ko‘p ishchi o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, har 150 mahbusga taxminan 1 qo‘riqchi to‘g‘ri keladi. Bu yerda bo‘lib turadigan bir-biridan dahshatli voqealar juda ham ko‘p. Ulardan biri 1994 yilda qurolli to‘qnashuv natijasida 108 mahbusning halok bo‘lganidir. Bundan tashqari, 1995 yilda qamoqxonadagi yuzaga kelgan zo‘ravonliklar tufayli 196 mahbus o‘ldirilgan va 624 kishi yarador bo‘lgan.
eng vaxshiy qamoqxona, Tadmor, La Sabaneta qamoqxonasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
    1. Ozodbek 25 марта 2021 18:17
      Juda achinarli joylar
    Bo‘limlar