“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 02:08
ЎЗO‘Z

«O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi

13 noya, 21:32 3 113 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi Fransiyalik alpinist, «o‘rgimchak-odam» laqabi bilan ma’lum bo‘lgan Alen Rober Parijning Defans tumanidagi 152 metrlik “Arian” binosining eng yuqori nuqtasiga ko‘tarila olmadi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.

Avgustda 57 yoshini qarshilagan ekstremal 13 noyabr soat 11 atrofida binoga ko‘tarilishni boshlagan va binoning eng yuqorisiga deyarli chiqa olgan. Biroq ekstremal binoning tomiga chiqishni uddalay olmay, yuqori qavatdagi xonalardan birining oynasi orqali bino ichiga kirgan. Uning ortidan politsiyachilar kuzatib turishgan. Rober liftda birinchi qavatga tushgach, politsiyachilar tomonidan ushlanib, komissariatga olib ketilgan.

#AlainRobert, le Spiderman français en pleine escalade à mains nues de la Tour #Ariane à #ParisLaDéfense ! De quoi donner le vertige ! ???? pic.twitter.com/R0j7P7pxAL

— Paris La Défense (@ParisLaDefense) November 13, 2019

Bu Roberning joriy yilda Defansdagi ofis binolariga ikkinchi ko‘tarilishidir. 25 mart kuni u Engie energetik kompaniyasining 145 metrlik binosiga 45 daqiqa ichida ko‘tarila olgandi.

Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan fransuzning hisobida bunday ko‘tarilishlardan yuzga yaqin bor. U o‘z vaqtida AQShdagi Empayr-steyt-bilding, Parijdagi Eyfel minorasi, Moskva davlat universitetining bosh binosi, Kuala-Lumpurdagi Petronas minoralari, Barselonadagi Agbar binosini zabt eta olgan.

“O‘rgimchak-odam” Defans tumanida shuningdek Total va Areva kompaniyalari binolariga ko‘tarilgan.
O‘rgimchak-odam, Alen Rober




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar