“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:39
ЎЗO‘Z

Bashoratchi Vanganing bashoratlari qanchalik to‘g‘ri kelmoqda?

12 noya, 17:16 25 660 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bashoratchi Vanganing bashoratlari qanchalik to‘g‘ri kelmoqda? Vangeliya Pandeva Gushterova (Vanga) dunyoga mashhur bo‘lgan bashoratchi. U 1911 yil 31 yanvar kuni Makedoniyaning Strumitsa shaharchasida, dehqon oilasida dunyoga kelgan. Vanga 12 yoshligida changli girdobda qolib ketadi va og‘ir jarohat oladi. Oqibatda uning ko‘zi ojiz bo‘lib qoladi. Baxtsiz hodisadan so‘ng u bashorat qilish hususiyatiga ega bo‘la boshlaydi. Vanga Ikkinchi jahon urushi yillari jang maydonlaridan kimlar omon qaytishini aniq bashorat qilib, keng ommaga tanildi.

Shuningdek, bashoratchi dunyo hayotiga oid ko‘plab bashoratlar qildi. U o‘z davrining yetuk shaxslari - siyosatchilar, yozuvchilar, faylasuflar bilan uchrashdi. Tadqiqotchilar uning bashoratlari 85 foiz aniqlik bilan sodir bo‘lishini aniqlashdi. Bunday ko‘rsatkich juda yuqori hisoblanadi va Vangani buyuk bashoratchilar safidan mustahkam joy egallashiga sabab bo‘ldi.

Vanganing amalga oshgan ayrim bashoratlari:

- 2001 yilda AQShdagi egizak binolarga uyushtirilgan terrorchilik hujumi;
- Sobiq ittifoq tuzumining qulashi;
- Ikkinchi jahon urushida Germaniyaning mag‘lubiyati;
- Chernobil (Ukraina - 1986 yil) AESida sodir bo‘lgan halokat;
- Indira Gandining (31 oktyabr, 1984 yil) suiqasd oqibatida o‘ldirilishi;
- AQSh prezidenti Jonn Kennedining (22 noyabr, 1963 yil) suiqasd oqibatida o‘ldirilishi;
- Muammar Kaddafi hukumatining ag‘darilishi;
- Chechen urushining yakuni;
- Sobiq ittifoq rahbari Leonid Brejnev vafotining aniq sanasi;
- O‘z vafotining aniq sanasi.

Vanganing yaqin va uzoq kelajak haqida qilgan ayrim bashoratlari:
1. Musulmonlarga qarshi olib boriladigan harbiy harakatlar oqibatida Yevropa aholisi kamayib ketadi (2025 yil).
2. Energiya (quvvat) olishning yangi usuli kashf etiladi. Insonlar hayoti yaxshilanadi. Mamlakatlardan biri Venera sayyorasiga kosmik kema uchiradi.
3. Muzliklar erishi oqibatida dunyo okeanining suv sathi ko‘tariladi.
4. Vanganing bashoratiga ko‘ra, 2043 yilga kelib Yevropa davlatlarida musulmonlar hukmronlik qiladi. Bu holat Yevropa iqtisodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Insoniyatni rivojlanish va barqarorlik kutadi.
5. 2046 yilda olimlar inson a’zolarini yaratishning uddasidan chiqadi va xasta a’zolarni yangisiga almashtiradi. Mazkur usul tibbiyot sohasida eng samarali usulga aylanadi. O‘sha davrning o‘zida yangi texnika va qurollar kashf etiladi.
6. 2066 yilda AQSh musulmonlarga qarshi urush olib boradi. Yangi turdagi qurollardan foydalanish oqibatida yer iqlimi o‘zgaradi. Yevropada havo harorati pasayib ketadi.
7. 2076 yildan 2084 yilgacha bo‘lgan davrda dunyoning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy tuzumi o‘zgaradi.
8. 2088 yilda yangi kasallik paydo bo‘ladi. Ushbu kasallik oqibatida inson bir necha kunda qarib ketadi.
9. 2097 yilda yangi kasallikka qarshi dori kashf etiladi.
10. 2100 yilda sun’iy Quyosh barpo etiladi.
11. 2130 yilga kelib suv osti shaharlari quriladi.
Manba: zarnews.uz
Vanga, bashorat




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar