“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:37
ЎЗO‘Z

Ukraina Qrim sababli Rossiya bilan “urush holatida” ekanligi aytildi

12 noya, 10:43 3 069 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ukraina Qrim sababli Rossiya bilan “urush holatida” ekanligi aytildi Foto: RIA "Novosti"
Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dmitriy Kuleba Ukraina Rossiya bilan deyarli “urush holatida” ekanini va bu vaziyat “bosib olingan hududlar”, jumladan Qrim qaytarilgandan keyingina tugashi mumkinligini aytdi.

“Men Rossiya bilan urush tugashi tarafdoriman. Men uzoq muddatli istiqbolda o‘z munosabatlarimizni normallashtirish tarafdoriman, biroq bu “oldig-u, unutdik” qabilida bo‘lmaydi. Rossiya o‘z tajovuzi uchun haq to‘lashi lozim. Urushning yakun topishi, bunga qancha vaqt ketmasin, tajovuz uchun to‘langan pullar va Qrimning qaytarilishi bo‘ladi”, deb aytgan Kuleba “RBK-Ukraina” nashriga bergan intervyusida.

Ukraina vakili “tovon puli” qiymati hozircha noma’lumligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Qrim albatta bir kun kelib Ukraina tarkibiga qaytadi. Bu esa Rossiya maksimal zaiflashgan vaqtda yuz berishi mumkin, shunday vaziyatda yarimorol “Rossiya qo‘llaridan sirg‘anib chiqib ketadi”.

Siyosatchining fikricha, ungacha esa Rossiya bilan “urush” davom etadi. “Biz bu urushda Qrim uchun jang qilamiz. Jang qilish deganda, birinchi navbatda, siyosiy-iqtisodiy yo‘lni nazarda tutmoqdaman”, deb ta’kidlab o‘tgan Kuleba.

Qrim 2014 yil martida yarimorolda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra Rossiyaga tarkibiga qo‘shib olingandi. Moskvada bir necha marotaba ta’kidlanganidek, Qrim aholisi demokratik yo‘l, xalqaro huquq va BMT nizomiga to‘liq mos holda Rossiya bilan birlashish uchun ovoz bergan. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, “Qrim masalasi batamom yopilgan”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 240
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar