“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:36
ЎЗO‘Z

Rossiyada o‘zbekistonliklar uchun tashkil etilgan saylov uchastkalari soni oshdi

09 noya, 16:21 2 439 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada o‘zbekistonliklar uchun tashkil etilgan saylov uchastkalari soni oshdi Joriy yilning 8 noyabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston fuqarolari uchun ochilgan saylov uchastkalari faoliyati haqida so‘z bordi. Bu haqida Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda Rossiyada tuzilgan saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etish va u yerdagi o‘zbekistonliklarning saylovda ovoz berish huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov axborot bergan.

Xususan, bugun O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada tashkil etilgan saylov uchastkalari soni oldingi 2016 yilgi saylovlardagidan 5 taga ko‘payib, 7 taga yetgan. Ular Rossiyaning Sankt-Peterburg, Vladivostok, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Don, Qozon hamda Moskva shaharlarida joylashgan.

Majlisda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyat bo‘limi axboroti tinglangan. Samarqanddagi saylovga doir barcha tadbirlarni yoritish huquqiga ega bo‘lish uchun 41 nafar viloyat va respublika OAV, internet saytlari xodimlari akkreditasiyadan o‘tkazilganligi aytilgan.

Viloyat axborotida ta’kidlanishicha, shu kunlarda viloyat televideniyesi orqali haftaning har chorshanba kunlari viloyat saylov komissiyasi raisi va a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir tashkil etilib, aholidan tushgan savollarga javob qaytarilmoqda. Bundan tashqari, bosma matbuot va internet saytlarida saylovga oid 614 ta maqola, sharh va xabarlar e’lon qilingan.
o‘zbekistonliklar, saylov uchastka, Rossiya




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar