“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:13
ЎЗO‘Z

Dunyodagi milliarderlarning umumiy boyligi bir yil ichida 388 mlrd dollarga kamaydi

09 noya, 06:00 2 362 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi milliarderlarning umumiy boyligi bir yil ichida 388 mlrd dollarga kamaydi Foto: Anton Novoderejkin / TASS
2018 yilda dunyoda dollardagi milliarderlar soni 2101 nafarni, ya’ni 2017 yilgiga nisbatan 57 nafar kamroqni tashkil qildi. Ularning umumiy boyligi ham 388 mlrd dollarga kamayib, 8,5 trln dollarni tashkil qilgan. Bunday ma’lumotlar PwC xalqaro konsalting kompaniyasi va Shveysariyaning UBS banki ekspertlari tomonidan tayyorlangan an’anaviy hisobotda keltirilgan.

Tahlilchilar bunday salbiy natijaga “kuchli dollar” va “bozorlar beqarorligi” sabab bo‘lganini aytishgan. Barcha milliarderlarning 233 nafarini ayollar tashkil qilib, ularning soni 5 yil ichida 46 foizga ko‘paygan.

Osiyoda milliarderlar soni 5 yillik o‘sishdan keyin birinchi marta kamaygan bo‘lsa, AQShda esa aksincha ko‘paygan. Osiyo-Tinch okeanida milliarderlar soni 2017 yilga nisbatan 7,4 foizga kamaygan, ammo umumiy hisobda ushbu mintaqada ular eng ko‘pni tashkil qilgan – 754 kishi. Bu borada 2-o‘rinda Shimoliy va Janubiy Amerika bo‘lib, ushbu mintaqada milliarderlar 749 nafarni (o‘sish 4,8 foiz) tashkil qilgan. Yevropalik milliarderlar soni esa 4,9 foizga kamayib, 598 nafarni tashkil qilgan.

Davlatlar bo‘yicha olinadigan bo‘lsa, AQShda bir yil ichida milliarderlar soni 22 nafarga, ularning umumiy boyligi esa 14,3 mlrd dollarga ko‘payib, 3,111 trln dollarga yetgan.

Xitoyda esa, aksincha, 2018 yilda 48 kishi milliarderlar qatorini tark etib, ularning umumiy soni 325 nafarni, umumiy boyligi esa 982,4 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Germaniyada 114 milliarder bor bo‘lib, ularning boyligi 500,9 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Rossiyada esa milliarderlar soni bir yilda 3 nafarga kamayib, 98 nafarni, ularning umumiy boyligi esa 421 mlrd dollarni tashkil qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 120
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 38
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar