“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:58
ЎЗO‘Z

Imomali Rahmonning tansoqchilari Parijda tojik muxolifatchilari bilan mushtlashib ketishdi

08 noya, 21:23 3 706 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Imomali Rahmonning tansoqchilari Parijda tojik muxolifatchilari bilan mushtlashib ketishdi Joriy yilning 7 noyabr kuni kechqurun, Tojikistonda taqiqlangan «Guruh 24» muxolifat harakati tarafdorlari mamlakat prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari bilan Parij markazida mushtlashib ketishdi. Imomali Rahmon 7 noyabr kuni kechqurun Shveysariyadan Yevropa safari doirasida Parijga keldi, deya xabar beradi «Kun.uz» nashri.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, «Guruh 24» tarafdorlari Fransiya-Tojikiston ishbilarmonlar kengashi a’zolari bilan uchrashuv joyiga yaqin yerda Imomali Rahmonning siyosatiga qarshi shiorlar aytib baqirishgan. Shu payt prezidentning tansoqchilari namoyishchilar oldiga yaqinlashishgan va tarqalishni talab qilishgan, ammo dahanaki jang haqiqiy mushtlashuvga aylanib ketgan.

Namoyishchilarning xabar berishicha, mushtlashuvdan so‘ng voqea joyiga 50ga yaqin fransuz jandarmi va tez tibbiy yordam mashinasi yuborilgan. Jandarmlar tojik muxolifati va Tojikiston prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rtasiga turib olishgan hamda Imomali Rahmonning fransuz-tojik ishbilarmonlar kengashi doirasida fransuz ishbilarmonlari bilan uchrashadigan joyiga yaqinlashishga imkon berishmagan.

Imomali Rahmon o‘z safarini 4 noyabr kuni Shveysariyadan boshladi va 5 noyabr kuniyoq «Guruh 24» tarafdorlari Shveysariya poytaxti deb hisoblanuvchi Bern shahrida birinchi norozilik piketini o‘tkazishdi.

7 noyabr kuni kechqurun Rahmon Fransiyadagi tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashdi, shundan so‘ng bir qator hujjatlar imzolandi. Imzolangan hujjatlar orasida «Talko» va Fransiyaning Fives kompaniyasi o‘rtasida 200 million yevro miqdoridagi kelishuv ham bor.
Imomali Rahmon, tojik muxolifat, Parij




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 240
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar