“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:08
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik va tojikistonliklar xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilishdi

08 noya, 20:33 3 551 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik va tojikistonliklar xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilishdi Rossiyada Xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilgan to‘rt nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Chelyabinsk viloyati prokuraturasi ma’lum qilgan.

Ular Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasida (Bir guruh shaxslar tomonidan qurol sifatida ishlatiladigan narsalardan foydalanib, uy-joyga noqonuniy bostirib kirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Bundan tashqari, ularning jinoiy sheriklaridan biri Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli zo‘ravonlik tahdidi bilan sodir etilgan o‘g‘rilik) bo‘yicha hukm qilingan.

Qayd etilishicha, jinoiy sheriklar 2018 yilning oktyabr oyida Kaslinskiy tumanida joylashgan issiqxona majmuasi hududidagi Xitoy fuqarolari yashaydigan turar joyga bostirib kirgan hamda zo‘rlik ishlatib umumiy qiymati 178 500 rublga teng (2800 dollar) mol-mulkni o‘g‘irlagan.

Bir necha kun o‘tgach, ular boshqa issiqxona majmuasiga kelgan hamda noqonuniy ravishda uyga kirib, kuch ishlatib Xitoyning ikki fuqarosiga hujum qilib, umumiy qiymati 490 500 rubl (7700 dollar ) miqdoridagi mol-mulk va pulni o‘g‘irlab ketgan.

Hodisa joyidan yashirinish maqsadida jinoyat ishtirokchilaridan biri issiqxona majmuasi hududida turgan VAZ-21213 (Niva) avtomobilini haydab qochgan.

Sud aybdorlarga nisbatan 8 va 9 yilgasha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Ular jazoni qat’iy rejimdagi axloq tuzatish koloniyalarida o‘tashi belgilandi.
Bundan tashqari, sud jabrlanuvchilarning jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni mahkumlardan undirish haqidagi da’volarini qanoatlantirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 104
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar