“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 09:55
ЎЗO‘Z

Rossiya Alisher Usmonovga tuhmat qilishda ayblanayotgan jurnalistni xalqaro qidiruvga beradi

08 noya, 13:43 3 054 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya Alisher Usmonovga tuhmat qilishda ayblanayotgan jurnalistni xalqaro qidiruvga beradi Rossiyalik tergovchilar Interpolga “Rosbalt” nashri jurnalisti Aleksandr Shvarevni qidiruvga berish va hibsga olish haqida hujjatlar tayyorlashdi. Jurnalist tuhmat qilish va tamagirlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Interfaks” nashriga vaziyatdan xabardor manba xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Shvarev Latviya poytaxti Rigada davolanmoqda.

“Ayni vaqtda tergovchi tomonidan Shvarevni xalqaro, jumladan Latviya hududida qidiruvga berish va uni hibsga olish bo‘yicha choralar ko‘rish qarori chiqarilgan. Yaqin orada hujjatlar Interpolga jo‘natiladi”, deb ma’lum qilgan manba.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya huquq-tartibot idoralari shuningdek latviyalik hamkasblariga jurnalistni hibsga olish va uni Rossiyaga ekstraditsiya qilish haqida so‘rov yuborishni rejalashtirmoqda.

Bundan avvalroq politsiya Shvarevga rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tuhmat qilish hamda qozog‘istonlik tadbirkor, “Fincraft Resources” xoldingi direktorlar kengashi raisi Kenes Rakishevdan 3 mln rubldan ko‘proq (50 ming dollar) pul talab qilish ayblovlarini qo‘ygan. Birinchi ayblov bo‘yicha jurnalistga 5 mln rubllik jarima solinishi yoki 480 soatgacha majburiy ishlar belgilanishi, ikkinchi ayblov bo‘yicha esa 15 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Tergovga ko‘ra, Shvarev Alisher Abdullayev ismli shaxs (u ham xalqaro qidiruvga berilgan) bilan birga 2018 yil iyulidan oktyabrigacha bir necha saytlarda go‘yoki Usmonovning og‘ir jinoyatlarga aloqadorligi haqida yolg‘on axborotni joylashtirgan. Politsiyaning o‘rnatishicha, bu ma’lumotlar haqiqatga mos emas va yolg‘on, sha’nga dog‘ tushiruvchi hamda tadbirkorning obro‘siga futur yetkazuvchi va unga ma’naviy zarar yetkazuvchi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Shvarev Abdullayev va yana bir necha kishi bilan birga turli saytlarda qozog‘istonlik tadbirkor Rakishevni firibgarlikda, jinoiy guruhlar bilan aloqadorlikda va boshqa jinoyatlarda ayblab, u haqida obro‘sizlantiruvchi axborot joylashtirgan. Ular tadbirkor vakillarining bu ma’lumotlarni o‘chirib tashlash haqidagi iltimosini bajarish uchun 50 ming dollar talab qilishgan, aks holda tadbirkor haqida yolg‘on axborot tarqatishni davom ettirish bilan tahdid qilishgan.

Shvarevning advokati ayblovni yasama deb hisoblashini, jurnalistning jinoiy ta’qib qilinishini esa buyurtma asosida amalga oshirilayotganini aytgan.

“Ayblov mutlaq konkretlashtirilmagan, yasama va asosga ega emas, virtual ayblov deb aytish mumkin”, deb aytgan advokat.
Uning ta’kidlashicha, jurnalist o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni tan olmayapti.
Moskvaning Tver sudi 11 noyabrda Shvarevning sirtdan hibsga olinishi haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqadi.
Alisher Usmonov, jurnalist, qidiruv




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 0
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 398
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Bo‘limlar