“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:31
ЎЗO‘Z

Qurollangan guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi chegara zastavasiga hujum qildi (foto)

07 noya, 21:30 5 862 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qurollangan guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi chegara zastavasiga hujum qildi (foto) 20 kishidan iborat bo‘lgan qurollangan guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qildi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlarining matbuot markazi tarqatgan xabarda aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum chorshanba kuniga o‘tar tunda sodir bo‘lgan.

«2019 yil 6 noyabrga o‘tar tunda soat 03:23da 20 nafar noma’lum shaxs o‘qotar qurollardan foydalanib, «Sultonobod» chegara otryadi harbiy qismining Ishkoboddagi 4-sonli chegara zastavasiga hujum qildi», - deyiladi xabarda.

Matbuot xabarnomasiga ko‘ra, hujum qilganlar 5 dona o‘qotar qurolni olib qo‘yishgan.

«RIA Novosti»ning Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar qilishicha, hujum Dushanbedan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan «Ishkobod» 4-chegara zastavasiga amalga oshirilgan.

«Kuch tuzilmalarining amaliyoti natijasida qurshab olingan qurolli jinoiy guruhning 15 nafar a’zosi yo‘q qilindi, ulardan besh nafari qo‘lga olindi», - deyiladi Tojikiston MXDQ matbuot xizmati ma’lumotida.

Otishma oqibatida chegara qo‘shinlari askari va bir militsioner halok bo‘lgan. Voqea joyida tezkor-tergov guruhi tuzilgan, surishtiruv ishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston rasmiylari ushbu holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 251
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar