“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:55
ЎЗO‘Z

Leonardo di Kaprio BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlagan Greta Tunbergni maqtadi

04 noya, 09:08 2 534 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Leonardo di Kaprio BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlagan Greta Tunbergni maqtadi Foto: «Smnews.ru»
Amerikalik aktyor va tabiatning faol himoyachisi Leonardo di Kaprio shvetsiyalik ekologiya faoli 16 yoshli Greta Tunbergga «zamonamiz yetakchisi» deya e’tirof qildi, deb yozmoqda «Daryo».

Aktyor Instagram’dagi sahifasiga Greta bilan birga tushgan suratini joyladi va qizaloqning «harakatsizlik davri o‘tdi» deya dunyo davlatlari rahbarlariga qilgan murojaati beiz ketmasligiga umid qilishini bildirdi.

«Tarixda dunyoni o‘zgartirishga qodir ovozlarning shunday baland yangrashi natijasida amalga oshgan burilish nuqtalari kuzatilgan. Greta Tunberg zamonamiz yetakchisiga aylandi. Tarix biz hozir qilayotgan ishlarimizga baho beradi, kelajak avlod uchun sayyoramizda tabiiy yashash sharoitlari uchun ezgu ishlarni amalga oshirishimiz shart», — deb yozgan Instagram’da Di Kaprio.

Shuningdek, aktyor Greta ortidan ergashayotgan yosh ekologiya faollari butun dunyoda amalga oshirayotgan ishlar kelajakka optimizm bilan qarashga imkoniyat berayotganligini ta’kidladi.
View this post on Instagram

There are few times in human history where voices are amplified at such pivotal moments and in such transformational ways – but @GretaThunberg has become a leader of our time. History will judge us for what we do today to help guarantee that future generations can enjoy the same livable planet that we have so clearly taken for granted. I hope that Greta’s message is a wake-up call to world leaders everywhere that the time for inaction is over. It is because of Greta, and young activists everywhere that I am optimistic about what the future holds. It was an honor to spend time with Greta. She and I have made a commitment to support one another, in hopes of securing a brighter future for our planet. #FridaysforFuture #ClimateStrike @fridaysforfuture

A post shared by Leonardo DiCaprio (@leonardodicaprio) on


Greta Tunberg sentyabrda BMTda nutq so‘zlab dunyo yetakchilarini iqlim o‘zgarishlariga nisbatan beparvolik va «o‘z bolaligini yo‘qotilishi»da aybdor deb hisoblashini ma’lum qilgan. Keyinchalik AQSh prezidenti Donald Tramp qizni maqtagan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Greta Tunbergning faolligiga munosabat bildirib, ezgu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida bolalar va o‘smirlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini qayd etgandi. Qiz ikkala davlat rahbarining ham gaplariga hamohang ravishda Twitter profilidagi yozuvlarni o‘zgartirib qo‘ygan.
Leonardo di Kaprio, Greta Tunberg




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 2
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 1
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 43
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar