“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:22
ЎЗO‘Z

UFC turnirini tomosha qilishga kelgan Trampni olqishlar va hushtakbozliklar bilan qarshi olishdi

03 noya, 19:00 2 396 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UFC turnirini tomosha qilishga kelgan Trampni olqishlar va hushtakbozliklar bilan qarshi olishdi Prezident Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasidagi janglarni Respublikachilar partiyasi rahbariyati vakillari, shuningdek, ikki o‘g‘li, kichik Donald va Erik bilan birga kuzatdi.

Arenaga kirish qismida Trampga qarshi hayqiriqlar yangradi.
Qayd etish kerakki, bir necha kun muqaddam Vashingtonda beysbol bo‘yicha chempionat vaqtida prezidentga hushtakbozlik qilingandi.

Ammo shanba oqshomida prezidentni aralash kayfiyatdagi insonlar qarshi olishdi - ham olqishlashdi, ham hushtakbozlik qilishdi.
Odamlar «Trampni yo‘qoting» va «Trampga impichment» yozuvlari tushirilgan plakatlarni ham ko‘tarishdi.

That sound you hear is @realDonaldTrump getting booed at #UFC244 pic.twitter.com/oklkQzGMpk

— Mitch Horowitz (@MitchHorowitz) November 3, 2019

Shu haftada AQSh Kongressi prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Trampning muxoliflari prezident boshqa davlat rahbaridan (Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy) shantaj yo‘li bilan o‘zining bo‘lajak saylovdagi asosiy raqibi bo‘lishi kutilayotgan demokrat Jo Baydenga qarshi tekshiruv o‘tkazib, uni obro‘sizlantirib berishini so‘raganini da’vo qilishmoqda.

1993 yilda tuzilgan UFC (Ultimate Fighting Championship) sport tashkiloti aralash sport turlari bo‘yicha chempionatlarni uyushtirib kelmoqda.
Hozirda dunyo bo‘ylab ushbu turnirning millionlab muxlislari mavjud, Konor MakGregor va Ronda Rauzi kabi sportchilar esa superyulduz maqomida.

Donald Tramp ko‘p yillar muqaddam UFC turniriga tashrif buyurgandi, o‘shanda ko‘plab stadionlar va nashrlar ushbu sport turini inkor qilishgandi.

«Men Donald Tramp haqida hech qanday salbiy gap ayta olmayman, chunki u hali hech kim biz tomonida bo‘lmaganida biz bilan bo‘lgandi», - deydi tashkilot boshlig‘i Dan Uayt.
2016 yilda Uayt Respublikachilar partiyasi yig‘ilishida Donald Trampning prezidentlik kampaniyasi doirasida nutq so‘zlagandi.
UFC turniri, Tramp, hushtakbozlik




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar