“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 16:57
ЎЗO‘Z

Qabrdan tirik qaytgan inson

03 noya, 13:04 6 171 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qabrdan tirik qaytgan inson Bu hodisa 1831 yilda Angliyada sodir bo‘lgan edi. Tibbiyot insoniyatni davolashga ancha ojiz bo‘lgan bir vaqtda mamlakatda tif kasalligi epidemiyasi tarqaladi. Kasallik sabablarini o‘rganish maqsadida bir guruh tibbiyotchi talabalar o‘z ustozlari bilan birgalikda tajriba uchun kasallikdan vafot etgan erkak kishi murdasini olib kelib, yorib o‘rganmoqchi bo‘lishadi.

To‘rt kun oldin tobutga solib dafn qilingan murdaning tanasini endi yorishni boshlaganda, to‘satdan marhum bor ovozda baqirib, jon holatda shifokorning qo‘lidan mahkam ushlab oladi. Hamma o‘ldi, deb o‘ylagan kishi aslida tirik bo‘lib chiqadi.

Bir o‘lib tirilgan marhumning so‘zlariga ko‘ra, u kasallikka chalingandan so‘ng juda ham holsizlanib, koma holatiga tushib qoladi. U hech qanday harakatni amalga oshira olmasa ham yon atrofdagi barchaning gap so‘zlarini eshitib yotardi.

U hatto doktorlarning o‘ziga o‘lim tashxisini qo‘yganini ham, do‘stlari va yaqinlarining vidolashuv so‘zlarini eshitib yotardi. Hatto qabrga qo‘yayotganlarida ham hech narsa qila olmaydi. Nihoyat, qabrga qo‘yilgachgina, taqdirga tan berib haqiqiy o‘limini kutib yotaveradi.

Ammo oradan to‘rt kun o‘tgach, tunda qandaydir odamlar uni qabridan kovlab olganlarida behush edi. Shifokor pichoq bilan uning tomirlarini kesayotganda «murda»ning vena qon tomirida qotib qolgan qonni bilmasdan yurgizib yuboradi va shunda marhum hushiga kelib, kutilmaganda «tirilib» ketadi.
Dilmurod TO‘XTAYeV tayyorladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 213
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 124
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 43
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 179
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 112
  • So'nggi yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 12
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 213
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 124
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 43
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 34
  • Bo‘limlar