“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:08
ЎЗO‘Z

«U it kabi o‘lim topdi» — Tramp al-Bag‘dodiy yo‘q qilinganini tasdiqladi

27 okt, 19:17 3 829 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«U it kabi o‘lim topdi» — Tramp al-Bag‘dodiy yo‘q qilinganini tasdiqladi Donald Tramp IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Suriya hududida o‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida yo‘q qilingani haqida ma’lum qildi.

«O‘tgan kecha AQSh jahonning birinchi raqamli terroristiga nisbatan adolatni qaror toptirdi. Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldi. U dunyodagi eng shafqatsiz va zo‘ravon terrorchilik tashkiloti – IShIDning asoschisi va yetakchisi edi», dedi Tramp maxsus murojaatida. Trampning Oq uydagi nutqi jahonning ko‘plab agentliklari tomonidan translyatsiya qilindi.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ekspertiza natijalari aviazarba oqibatida o‘ldirilganlar orasida al-Bag‘dodiy ham bo‘lganini tasdiqlagan.

U o‘zini portlatgan
Prezident al-Bag‘dodiy amerikalik harbiylar uchun birinchi raqamli nishon bo‘lgani, u yashayotgan joy aniqlangach, o‘sha uyda bo‘lgan 11 bola u yerdan chiqarilganini ma’lum qilgan.

Tramp u qanday o‘lganiga aniqlik kiritdi. Uning aytishicha, al-Bag‘dodiy aviazarbalardan keyin «qo‘rqoqlarcha qochgan», ammo hududni tunnel orqali tark etish uchun harakati muvaffaqiyatsiz kechgach, o‘z belidagi portlovchi qurilmalarni portlatib yuborgan. Uning yonida bo‘lgan uch bola ham u bilan birga halok bo‘lgan.

«U oxiri o‘limga olib boruvchi tunnel ichiga dodlab baqirganicha yugurib kirayotganida o‘ldi. Bungacha voqea joyidagilar yo taslim bo‘lgan, yo otib tashlangan edi. Uydan 11 nafar bola olib chiqildi, ular jarohatlanmagan.

Tunnelda faqat uch bolasi bilan Bag‘dodi qolgandi. Bizning itlarimiz uni ta’qib qilib borganida u tunnel oxiriga yetib qolgandi. Ustidagi portlovchi jiletini portalib, o‘zi va uch bolasini o‘ldirdi. Portash natijasida uning tanasi bo‘laklarga bo‘linib ketdi.

U xuddi it kabi o‘lim topdi. Dunyo yanada xavfsizroq», — dedi Tramp bayonoti so‘nggida.

Tramp mazkur amaliyotda ishtirok etganlarning barchasiga, birinchi navbatda amerikalik harbiylarga, shuningdek Rossiya, Turkiya, Iroq, Suriya va kurdlarga minnatdorchilik bildirgan.

Tramp o‘z murojaatidan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytarishi asnosida Suriya shimolidagi havo hududini nazorat qilayotgan Rossiya amerikaliklar aviatsiyasiga Idlib viloyati osmonida harakatlanishi uchun yo‘lak ochib berganini ma’lum qilgan.
Tramp, al-Bag‘dodiy




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar