“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 15:11
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonda ota o‘zining bir yoshli qizini urib o‘ldirib qo‘ydi

27 okt, 10:27 4 091 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonda ota o‘zining bir yoshli qizini urib o‘ldirib qo‘ydi Olma-ota shahridagi besh yulduzli mehmonxonalarning birida oilaviy janjal fojea bilan yakunlandi. Ota o‘zining bir yarim yoshli qizini urib o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqda «Astana TV» telekanaliga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Mehmonxona xodimlaring aytishicha, bolakayning onasi ertalab, soat 7.00 atrofida faryod ko‘tarib, mehmonxona dahliziga yordam so‘rab yugurib chiqqan. Xodimlar darhol militsiya va tez yordam xizmatini chaqirishgan. Bolaning ahvoli og‘ir bo‘lgan, mehmonxona xodimlari tez yordam kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Qizaloqning yurak urishi qayta tiklangan, unda hayot alomatlari ko‘ringan.

Chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan shifokorlar ham qizaloqqa tezkor yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng bola tez tibbiy yordam markaziga olib borildi, biroq kasalxonada qizning ahvoli og‘irlashib vafot etdi. Jarohatlar juda og‘ir va asosan bosh qismiga yetkazilgandi. Avvaliga ota o‘z qizini bo‘g‘ib o‘ldirgani aytilgan edi, ammo keyinchalik uni urgani tasdiqlandi.

Hozirda marhum qizchaning otasi qo‘lga olingan va so‘roq qilinmoqda. Politsiya gumonlanuvchi nima sababdan qotillik sodir etgani haqida ma’lumot bermayapti. Uning aybi isbotlangan taqdirda, 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 21
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Bo‘limlar