“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:24
ЎЗO‘Z

AQShda Trampga tahdid uchun rep ijrochi Eminem so‘roq qilindi

25 okt, 13:46 2 829 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQShda Trampga tahdid uchun rep ijrochi Eminem so‘roq qilindi AQSh maxfiy xizmati rep ijrochi Eminem sifatida ma’lum bo‘lgan Marshall Bryus Meters III’ni o‘z qo‘shiqlari matnida AQSh prezidenti Donald Tramp va uning qizi nomiga bildirilgan tahdid so‘zlar borligi uchun so‘roq qilingan. Bu haqda BuzzFeed portaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Portal tasarrufidagi hujjatlarga ko‘ra, maxfiy xizmat qo‘shiqchi “o‘zini nomaqbul tutgani” va “himoya ostidagi shaxslarga tahdid qilganini” ta’kidlab o‘tgan.

AQSh OAV ma’lumotlariga ko‘ra, gap Eminem 2017 yilda “BET Hip Hop Awards” taqdimotida o‘qigan repi haqida bormoqda. U qo‘shig‘ida Trampni tanqid qilib, uni “yadroviy xolokostni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan kamikadze” deb atagan.

Bundan tashqari, repchi Revival nomli qo‘shig‘ida Trampning qizi Ivanka borasida keskin fikrlar bildirgan.
Eminem 2018 yilda Kamikaze nomli albomidagi kompozitsiyalaridan birida maxfiy xizmat uni so‘roq qilganini eslab o‘tgan.

Bu orada maxfiy xizmat qo‘shiqchining so‘roq qilingani borasida izoh bermagan.
47 yoshli rep ijrochi nafaqat AQSh, balki butun dunyoda eng mashhur xip-xop ijrochilardan sanaladi. Rolling Stone va boshqa bir qator nufuzli nashrlar uni barcha zamonlarning eng yaxshi qo‘shiqchilaridan biri sifatida e’tirof etgan.
Tramp, Eminem, so‘roq




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar