“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 16:20
ЎЗO‘Z

Qatar qirollik oilasining hashamatli samolyoti ichidan namoyish etildi (video)

19 okt, 15:45 3 430 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qatar qirollik oilasining hashamatli samolyoti ichidan namoyish etildi (video) Foto: Sam Chui
Aviabloger Sem Chui Kanadaning Gamilton shahridan AQShning Marana shahriga Qatar hukmron qirollik oilasiga tegishli bo‘lgan Boeing 747-SP samolyotida parvoz qildi va o‘z tassurotlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Chuining YouTube’dagi videosi 12 oktyabrda e’lon qilingan, biroq OAV e’tiboriga endigina tushdi.

Samolyotda bir nechta xona mavjud: ikki kishilik karavotli yotoqxona, baxmal mato bilan qoplangan kursilari bor mehmonxona, uzun yog‘och stolli ovqatlanish xonasi, oltin rakovinaga ega hojatxona, ishchi xona, xizmatkorlar uchun ekonom-klassdagi xona.

Aviablogerning ta’kidlashicha, samolyotda parvoz qilish “haqiqatga aylangan orzu” bo‘ldi. “Men Boeing 747’ni, hashamatni, hashamatli sayohatlarni, aviatsiyani yaxshi ko‘raman. 747-SP’da parvoz qilishdan yaxshiroq narsa bo‘lishi mumkinmi?”, deb hayratini yashira olmagan bloger. Chuining ma’lum qilishicha, samolyotni uch kishi boshqaradi.

Ma’lum qilinishicha, samolyotning narxi 178 mln yevroni tashkil qiladi. U 1979 yilda Pan Am aviakompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra qurilgan va ilk transatlantik reyslarda qo‘llangan. So‘ngra samolyotni United Airlines aviakompaniyasi sotib olgan.

1995 yilda esa Boeing Qatar qirollik oilasi tomonidan sotib olinib, 2004 yilda qayta jihozlangan. 2018 yil avgustda samolyot sotuvga qo‘yilgani e’lon qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 202
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 308
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 198
  • Bo‘limlar