“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:22
ЎЗO‘Z

Nursulton Nazarboyevga Bokudagi sammitda Turk dunyosining oliy ordeni topshirildi

17 okt, 07:10 2 399 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nursulton Nazarboyevga Bokudagi sammitda Turk dunyosining oliy ordeni topshirildi Foto: Reddit
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga Bokuda o‘tgan Turkiy kengashning VII sammitida Turk dunyosining oliy ordeni topshirildi. Bu haqda Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos O‘qiboy Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

May oyida Turk kengashidagi davlatlar rahbarlari Nursulton Nazarboyevni Turk dunyosi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun ushbu kengashning umrbod faxriy raisi etib saylagan.

«Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga menga Turk kengashining faxriy raisi maqomini berishni taklif etgani uchun minnatdorchiligimni izhor etaman. Shuningdek, ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlagan barcha davlatlar rahbarlari va ularning delgatsiyalariga ham tashakkur. Ushbu maqom mening ushbu xalqaro tashkilotimizning ishida faol ishtirok etishimda mas’uliyat yuklaydi», — deya qayd etgan Qozog‘istonning birinchi prezidenti.

Nursulton Nazarboyev sammitda Turk kengashidagi davlatlarning 2040 yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyot dasturini ishlab chiqishni taklif qilgan.

«Menda ikkita taklif bor. Birinchisi — «Turk taraqqiyoti 2040» daturini ishlab chiqish. Ushbu hujjatda kengashning uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadlari va ularga erishish yo‘llari aks etadi. Ikkinchi taklif — Turk tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar kengashi nomini o‘zgartirish. Menimcha kengashni xalqaro tashkilot darajasiga chiqarish vaqti keldi. Shu sababli kengashni Turk davlatlari xalqaro tashkiloti nomiga o‘zgartirish maqsadga muvofiq», — deya ta’kidlagan Nursulton Nazarboyev.

Ma’lumot uchun, Turk kengashi 2009 yilda tuzilgan. Uning tarkibiga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya kirgan. Ushbu kengashda Vengriyaga kuzatuvchi maqomi berilgan. Kengashning VII sammiti tashkilot tashkil etilganligining 10 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 227
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 61
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar