“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 19:49
ЎЗO‘Z

Almazbek Atamboyev ustidan sud jarayoni yopiq tartibda o‘tadi

17 okt, 06:35 2 762 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Almazbek Atamboyev ustidan sud jarayoni yopiq tartibda o‘tadi Qirg‘izistonda jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha sud jarayoni jamoatchilik va OAV uchun yopiq tartibda o‘tadi. Bunday qarorni sud ishi bo‘yicha dastlabki tinglovda Bishkekning Pervomaysk tumani sudi qabul qilgan.

Batukayev ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hisoblanadi. Undan tashqari, ushbu ish bo‘yicha yana 18 kishi sudlanuvchi sifatida o‘tib, ulardan 14 nafari tergov bilan bitimga borgan.

Ta’kidlanishicha, Batukayevning ozod etilishi ishida maxfiylashtirilgan tomlar mavjud bo‘lib, Atamboyevning himoyasi ulardan birini oshkor qilishni so‘ragan. Biroq sud bu iltimosni rad etgan.

Jinoiy ish bo‘yicha birinchi sud majlisi 15 noyabrga belgilangan.

Hozirda tergov izolyatorida hibsda ushlab turilgan Atamboyev sud jarayonini “o‘yin” deb atab, norozilik sifatida o‘z kamerasini tark etishdan bosh tortmoqda. Dastlabki tinglov uning ishtirokisiz o‘tgan.

2013 yilda Aziz Batukayev qotillik uchun jazoni o‘tayotgan turmadan og‘ir xastalikka uchragani vaji ostida ozod etilgan. Chechen millatiga mansub jinoiy avtoritet ozodlikka chiqqan kuniyoq xususiy samolyotda Chechenistonga uchib ketgan va hanuzgacha o‘sha yerda qolmoqda.

Tergovning fikricha, Batukayevning ozod etilishiga yolg‘on tashxis qo‘ygan shifokorlar, qarorni qabul qilgan sudya, prokurorlar va go‘yoki prezidentligi vaqtida Batukayevning ozod etilishi operatsiyasiga shaxsan ruxsat bergan Atamboyev aloqador bo‘lishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 0
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 2
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 40
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 1
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 1
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 0
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 3
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 57
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 176
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Bo‘limlar