“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:33
ЎЗO‘Z

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video sabab Turkmaniston maktablarida o‘quvchi qizlarga odob-axloq darslari o‘tilmoqda

16 okt, 19:11 6 254 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video sabab Turkmaniston maktablarida o‘quvchi qizlarga odob-axloq darslari o‘tilmoqda Kadr: YouTube
Turkmanistonning Lebap viloyati hamda Ashxobod shahridagi maktablarda davlat idoralari xodimlari va ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan ayrim turkman qizlarining odob-axloqi muhokama qilingan. Lebapda suhbat asosan katta sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan. Ashxobodda ota-onalar maktablarga chaqirilib ular bilan majlis qilinmoqda.

Suhbatlarda asosan o‘smirlarning sigaret chekishi, spirtli ichimliklar ichishi va katta sinf o‘quvchi qizlariga erta homiladorlikdan saqlanish yuzasidan ma’lumotlar berilmoqda.

Turkmen news saytining xabariga ko‘ra, bu kabi ma’naviyat tadbirlari mamlakatning boshqa viloyatlaridagi maktablarda ham o‘tkazilmoqda. Odatda Turkmanistonda bu kabi tadbirlarning amalga oshirilishiga nimadir sabab bo‘ladi.

«Bu safar ushbu tadbirlarning o‘tkazilishiga ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda tarqalgan qisqa videorolik sabab bo‘ldi. Unda maktab formasida bo‘lgan bir qiz dugonasi bilan 50 Cent’ning qo‘shiqlaridan biriga raqs tushgan», — deb yozgan nashr.

Turkmen news’ga ko‘ra, ushbu rolikni hukumat a’zolari ko‘rganidan keyin, huquq tartibot organlari xodimlari bir nechta maktabda o‘quvchilarning mobil telefonlarini yig‘ib olib ularda axloqiy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi foto va videomateriallarning bor yoki yo‘qligini tekshirgan.

Eslatib o‘tamiz, bir yil avval Samarqandda ikki qiz ko‘chada «behayolarcha o‘ynagani», keyin ulardan biri Nexia kapoti ustida yotib olgani tasvirlangan video tarqalgandi. Samarqand viloyati IIB o‘ynagan, ularni tasvirga tushirganlarga nisbatan mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar